ZULU

ZULU (zuluslar; o’zlarini Ama Zulu deb atashadi) — xalq. Jan. Afrika Respublikasi (JAR) da, shuningdek, Lesoto, Mozambik va Svazilendda yashaydilar. Umumiy soni 8,3 million kishi, shundan JAR da 7,9 million kishi (1990-yillar o’rtalari). Zulu tilida so’zlashadilar. An’anaviy diniy e’tiqodlarga rioya qilishadi, shuningdek, turli tabiat kuchlari, narsalarga topinuvchilar ham uchraydi.