GIDROMETEOROLOGIYA XIZMATI
GIDROMETEOROLOGIYA XIZMATI —mamlakatda meteorologiya, iqlimshunoslik, agrometeorologiya, gidrologiya, geliofizika sohalarida xalq xo’jaligi uchun ahamiyatli va- zifalarni bajarish hamda i. t. ish- lari b-n shug’ullanadigan korxo- nalar, tashkilotlar, muassasalar, markazlar, rasadxonalar, lab.lar, st-yalar, kuzatuv manzilari tizimi. Turkiston o’lkasi hududida g.x. shaklla- nishi 19-a.ning 70-y.lariga to’g’ri kela- Di. 1867 y.da Toshkent sh.da muntazam me- teorologik kuzatishlar yo’lga qo’yilgan. 1870 y.ning mart oyidan “Turkestanskie Vedomosti” gazetasida meteokuzatish ma’lumotlari va ob-havo to’g’risidagi xabarlar e’lon etila boshladi. 1873 y.da Toshkent Astronomiya va fizika rasadxo- nasi ish boshladi, tez orada u Turkiston o’lkasi meteorologiya xizmatining rahbar markaziga aylandi. 1876 yilda “tosh- kent” rasadxona-meteostantsiyasi ochildi. O’zbekistan G.x.ning rasmiy tashkil etil- gan sanasi -1921 y. 7 may hisoblanadi. Shu kuni har xil idoralar tarkibidagi ko’p sonli meteostantsiyalar yangi tashkil etilgan xizmat —Turkiston meterolo- giya in-ti (“Turkmet”)ga birlashtiril- Di. 1929 y.da O’zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya boshqarmasi ta’sis etildi. Xizmat 1931 y.dan boshlab ta- biiy muhit holati ustidan kuzatishlar va gidrometeorologik prognozlarning hamma turlarini birlashtiruvchi yaxlit tashkilot tarzida faoliyat ko’rsatmoqda. Jahon ob-havo xizmati tizimi doirasi- da 1967 y.dan Toshkentda meteorologik axborotlar to’planadi, ob-havo xaritala- ri va prognozlari tuziladi va Markaziy Osiyo, yaqin Sharq mamlakatlari va Ros- siyaning Osiyo qismiga tarqatiladi. Re- spublika g.x. 1967 y.dan erning sun’iy yo’ldoshlaridan axborotlarni fotosu- ratlar ko’rinishida qabul qilib, amaliy ishlar.uchun tahlil qiladi. 1972 y.dan tabiiy muhit ifloslanishini munta- zam kuzatish ishlari olib boriladi. O’zbekistonda G.x. davlat boshqaruv or- ganlari va iqtisodiyot tarmoklarini (suv xo’jaligi va energetika, agrosanoat majmuasi, gaz va neft sanoati, avtomo- bil va temir yo’l transporti, aviasiya, aloqa, qurilish, kommunal xo’jalik va b.) tabiiy muhit holati va iqlimning gidrometeorologik sharoitlari va ku- tilayotgan o’zgarishlari, gidrometeoro- logik hodisalar va atmosfera iflos- lanishning yuqori qiymatlari tufayli vujudga kelgan favqulodda holatlar to’g’risidagi ekspert ma’lumotlari b-n ta’minlaydi, ofat hodisalardan kela- digan zararni kamaytirish yoki oldini olish uchun gidrometeorologik jarayon- larga faol ta’sir o’tkazish vazifala- rini bajaradi. Respublika G.x. kunlik gidrometeorologik, ekologik; dekada- lik agrometeorologik va gidrologik; oylik gidrokimyoviy, gidrobiologik byulletenlar, oylik atrof muhitning ifloslanishi holati to’g’risida axbo- rot; yillik er usti suvlari rejimi, resurslari to’g’risida ma’lumotlar; agrometeorologik, havo, er usti suvla- ri, quruqlik (er) sifati va tuproqning ifloslanishi yilnomalari, gidroagro- meteorologiya va ekologiya masalalari bo’yicha ilmiy maqolalar, to’plamlar, uslubiy qo’llanmalar va tavsiyalar nashr qiladi. Xizmat ko’rsatilayotgan vazir- liklar, idoralar, trestlar, kontser- nlar, assosiasiyalar, firmalar, sanoat korxonalari soni 2 mingdan ko’proq. G. x. asosini kuzatuv tarmoklari tash- ki l etadi. Respublikada 47 meteoro- logik, 10 gidrologik, 1 suv balansi, 5 ko’l, 3 qorko’chki, 14 aviasiya meteorolo- gik st-yalari, 1 zonal aviamarkaz, 1 ba- landlik mateomajmua, 2 atrof muhit monitornigi st-yasi, 87 agrometeoro- logik kuzatish punktlari, viloyatlarda q.x. ekinlarini do’ldan himoya qilish xizmati (57 punktga ega; do’ldan himoya maydoni 741 ming ga) ishlaydi (2001). O’zbekiston Respublikasi milliy g.x. Gidrometeorologiya, tabiiy muhit ifloslanishi monitoringi, iqlim o’zgarishi, cho’llanish, qurg’oqchilik va b. masalalar sohasida faol va ko’p qirrali xalqaro ilmiy-texnik faoliyatni amalga oshirmoqda. 1993 y. 2 yanv.da O’zbekiston Respublikasi Jahon meteorologiya tash- kilotita (JMT) a’zo bo’ldi. Respubli- ka g.x. xalqaro tashkilotlar: PROON (BMTning rivojlanish dasturi), YUKEP (BMTning atrofi muhit dasturi), YUNESKO, Jahon banki va GFR, AQSh, Shveytsariya, Yaponiyadagi gidrometeoro- logiya tashkilotlari b-n gidrometeoro- logiya sohasidagi loyihalarni yaratish va amalga oshirishda hamkorlik qiladi. O’zbekistonda G.x.ga 1992 y.dan O’zbekiston Respublikasi Vazir- lar Mahkamasi huzuridagi gidro- meteorologiya Bosh boshqarmasi rahbarlik qiladi (q. “Boshgidromet”). Ad.: Ocherki razvitiya gidrometeorologii v Sredney Azii, Sankt-Peterburg, 1993; Gidrometeorologiya O’zbekistana, T., 1996; O’zbekiston gidrometxizmatining tari- XI muzeyi bo’yicha yo’lko’rsatkich, T., 1998. Viktor Chub, Malika Nazarova.