ZUNNOR

ZUNNOR (Arabcha — chilvir) — charmdan yasalgan maxsus kamar, belbog’. Arab xalifaligi davrida musulmon davlati hududida yashab, boshqa dinga e’tiqod qiluvchilar — zimmiy (asosan yahudiy va xristian) lar musulmon emasligining belgisi sifatida Zunnorni majburan taqishgan. Bu holat shariatda qonunlashtirilgan. Bu qoida Buxoro amirligida yahudiylarga nisbatan ham qo’llanilgan. 19-asrning 60-yillaridan barham topdi.