To’rtlamchi sistema geologiyasi

To’rtlamchi sistema geologiyasi — geologiyaning er tarixidagi to’rtlamchi sistemasi va unga Moe keladigan davrini o’rganadigan bo’limi. 1920-30 y.larda mustaqil fan sifatida shakllandi. T. s.g.ning mustaqil fanga ajratilishi uning fanerozoy sistemasi boshqa davrlaridan ancha farq qilishi bn bog’liq. To’rtlamchi davr tarixini qayta tiklashda undan qadimroq bo’lgan sistemalarga nisbatan stratigrafik yotqiziqlarni mukammalroq o’rganish zaruriyatidan kelib chiqqan holda, T.s.g. uchun geomorfologik va palinologik tadqiqotlar o’tkazish muhim ahamiyatga egadir.Shuboist.s.g.Erninghoz.vaqtdagi ko’rinishini o’rganuvchi geomorfologik, iklimshunoslik, tuproqshunoslik, zool., botanika, arxeologiya, muhandislik geol. si kabi fanlar bn bog’liq. Geol.ga ma’lum bo’lgan izlanish metodlari bn bir qatorda T.s.g.da radiouglerod, termolyuminessent, kriolitologik, paleomagnit, paleoantropologik va arxeologik maxsus metodlardan foydalaniladi. To’rtlamchi davr — odamzod va insoniyatning shakllanish va rivojlanish davridir. Buning eng dastlabki bosqichlari to’g’risida inson moddiy madaniyati qoldiqlari dalil bo’la oladi. Undan to’rtlamchi davr yotqiziklari stratigrafiyasidan xulosa chiqarish mumkin. T. s.g. vujudga kelishi va rivojlanishiga rus olimlari, P. A. Kropotkin, A. P. Pavlov, S. N. Nikitin, V. A. Obruchev, I. P. Gerasimov, shuningdek, avstriyalik geolog olimlar A. Penk, E. Brikner, nemis olimi P. Voldshtedt, amerikalik olimlar R. Flint, F. Tseyner va b. katta hissa qo’shdilar. T. s.g. masalalari to’rtlamchi davrni o’rganish bo’yicha xalqaro assosiasiya (JNQVA, INKVA, International Union for Qvaternaru research 1932 y.da tashkil qilingan) konfesslari, xalqaro geol. va geogr. kongresslar va b. da muhokama qilinadi. T.s.g. muammolari maxsus davriy adabiyotlarda yoritiladi.