Turk, Turk ibn Yofas, Yofas o’g’lon, Turkxon

Turk, Turk ibn Yofas, Yofas o’g’lon, Turkxon — qad. diniy aqidalarga ko’ra, Yofasning to’ng’ich o’g’li. Otasi vafotidan sung, turkiy o’lkalarni boshqargan xon. Mirzo Ulug’beG’sning yozishicha, Kayumars zamondoshi bo’lgan. Kayumars Sharqiy Eronning 1hukmdori bo’lganidek, T. “Mashriq diyori xoqonlarining birinchi qooni” bo’lgan. Abulg’oziy Bahodirxonnij yozishicha, T. “otasidan so’ng erlarni yurib ko’rdi. Taqi bir erni xushlab, anda o’lturdi. Bu kun ul erlarni Issig’ko’l derlar”. T. o’z qavmi o’rtasida xush rasmrusumlar, tahsinga loyiq tartiblar o’rnatgan. U bag’oyat oqil va boadab, hunarmand bo’lgan. Rivoyatlarga ko’ra “chin mamlakati sarhadidanki, uni Xonju deb ataydilar, asosiy erlar, mas., Turkiston zamin mamlakati chegaralarigacha uning hukumati qo’li ostida edi. Jami’i turklar orasida in’om qilish (odatini), hirgoh udumini o’rnatdi. Odil va komil, ko’ngilchan podshoh bo’lgan. T.ning 5 o’g’li: Abilcha, tung, chigil, Barsxon, Atloq bor edi. Taomga tuz solmoq, shuningdek, chorva va vahshiy hayvonlar terisidan libos tikib kiyish ham T. davrida paydo bo’ldi”. T. 240 y. umr ko’rgan (“To’rt ulus tarixi”, 36-376.). Turk, turkiylar — jahondagi eng qad. va yirik etnoslardan birining nomi. So’nggi davrda jahon olimlari, jumladan, o’zbek olimlari tomonidan amalga oshirilgan tadqiqotlar natijasida va qad. Xitoy manbalaridagi ma’lumotlarga ko’ra, ushbu atama bundan 3,5—4 ming yil muqaddam raemsimon ierogliflar bilan yozilgan bitiklarda “tiek” va “tiauk” shaklida uchraydi. T. so’zi baquvvat, barkamol, odillik kabi ma’nolarni anglatadi, degan fikrlar mavjud. Qad. Xitoy manbalarida turklar qiyofasi chuqur ko’zli, qirra burunli, basavlat va sersoch deb ko’rsatiladi. Bir necha ming yilliklar davomida turkiy qabilalar ko’p marta Birlashgan va parchalanganligi tufayli ularning qabilaviy tarkibi o’zgarib turgan. Mil. AV 2-a.dan — mil. 3-a.gacha bo’lgan davrda T.lar Hun xoqonligi tarkibida bo’lganligi sababli Xitoy manbalarida shyunnu, Hunnu deb ham atalgan. Mazkur xoqonlik emirilgandan keyingi 300 y.ga yaqin davr davomida xitoylar T. larni tiekle (zamonaviy tilda tele) deb atashgan. 6-a.da T.larda bo’lgan Ashina avlodi kuchayib Turk xoqonliginch barpo etgan. Xitoy manbalariga kura, 9-a.da tilga olinadigan T. qabilalari 58 ta nom bilan ajratilgan. Shulardan 22 tasi uyg’ur (ittifoqchilar) deb nomlangan. Uyg’ur xoqonligi tugatilganidan sung bularning katta bir qismi Turkiston hududida joylashgan (q. Turk). Turkiya olimlari asarlarida T. qabilasi ko’kturk deb xam ataladi. Tadqiqotlarga ko’ra, ko’kturk so’zi Tangriga, ya’ni osmonga ishongan T. lar, balandlik T.lari, ko’k bo’ri totemi bo’lgan T.lar kabi ma’nolarni anglatgan. Markaziy Osiyoda T. toponim, etnonim, gidronim sifatida ko’plab uchraydi. Abdulahat Xo’jaev.