Tur hosil bo’lishi
Tur hosil bo’lishi – ajdod turning bir necha yangi gurux,par (liniyalar)ga ajralishi orqali yangi turlar hosil bo’lishi jarayoni. T.h.b. muammosini Ch. Darvin (1859) o’zining divergentsiya kontsepsiyasida uzilkesil hal qilib bergan. Uning ko’rsatishicha, divergentsiya tur ichida boradigan kurash sharoitida tabiiy tanlanish tufayli dastlabki formadan eng ko’p farq qiladigan belgiga ega bo’lgan individlarning saqlanib qolishi orqali sodir bo’ladi. Zamonaviy tasavvurlarga qaraganda, T.h.b. dizruptiv tanlanish nazorati ostida boradi; buning uchun tur ichida keskin raqobat bo’lishi shart emas. T.h.b.ning allopatrik va simpatrik yo’llari bor. Allopatrik T.h.b. muayyan tur populyasiyalarining hududiy alohidalanishi bilan bog’liq. Tur arealining har xil qismida tarqalgan populyasiyalar turli yo’nalishlardagi tabiiy tanlanish ta’siriga uchraydi; geografik izolyasiya esa bunday alohidalangan populyasiyalar o’rtasidagi genetik informasiya almashinuviga to’sqinlik qiladi. Astasekin bunday populyasiyalarda mikroevolyusiya jarayoniga olib keluvchi genetik divergentsiya sodir bo’ladi va populyasiya individlari dastlabki tur individlaridan aniq farq qiladigan belgilarga ega bo’lib qoladi. Agar bu belgilar ajdod turning boshka populyasiyalari bilan chatishmasligiga olib keladigan bo’lsa, u holda hosil bo’lgan forma yangi turga aylanadi. Tur o’z arealidan tashqarida tarqaladigan bo’lsa, yangi hududda hali tabiiy tanlanish ta’sirida muvozanat holatiga kelmagan populyasiyaning yashab krlishiga olib kelishi mumkin. Bunday populyasiya tasodifan tanlangan individlar yig’indisidan iborat bo’ladigan yangi sharoitga moslanishga imkon beradigan tabiiy tanlanish ta’sirida genotipik jihatdan juda tez qayta qurilish (“genetik revolyusiya”)ga sabab bo’lishi mumkin. Kam sonli populyasiyalarning hududiy alohidalanishida mikroevolyusion jarayonlarda genlar dreyfi asosiy ahamiyatga ega. Simpatrik T.h.b. populyasiyada birbiridan farq qiladigan bir necha formalarning bo’lishi va ularning bitta umumiy hududda tarqalishi (polimorfizm) asosida sodir bo’ladi. Poliploidizasiya orqali o’simliklarda (ba’zan hayvonlarda) yangi turlar paydo bo’lishi simpatrik T.h.b. ning o’ziga xos usuli hisoblanadi. Bunda vujudga kelgan yangi turlar avval boshdan otaona populyasiyadan genetik alohidalangan bo’ladi. Agar ular jinssiz ko’payish yoki partenogenez xususiyatiga ega bo’lib, ajdod forma bilan chatishmaydigan bo’lsa, yangi tur sifatida saqlanib qoladi. Ba’zan “T.h.b.”terminidan keng ma’noda bir turning astasekin ikkinchi turga aylanishi (turlar sonining oshmasdan filetik T.h.b.), shuningdek, duragaylash orkali yangi tur hosil bo’lishi (to’rsimon evolyusiya) jarayonlarini tushuntirishda ham foydalaniladi. T.h.b. ning bir qancha muammolari uzilkesil hal etilmagan.