GOFFMAN REAKTSIYALARI
GOFFMAN REAKTSIYALARI – alifatik aminlar olish uchun A. V. Goffman taklif etgan reaktsiyalar. Uch turi bor. 1) karbon kislotalar amidla- rining ishkrriy metallar gipogaloge- nidlari ta’sirida birlamchi aminlarga aylanishi (Goffman qayta guruxlani- shi): R+NaBrO -> RNH2+CO2+NaBr Reaktsiya natijasida Amidning kar- bonil guruhi SO2 holida ajralib chiqib, boshlang’ich amidlarga nisbatan bir uglerod atomi kam bo’lgan amin- lar hosil bo’ladi. G.r. spirtli muhitda o’tkazilganda reaktsiya mahsuloti sifati- da uretanlar (RNHOCOR) vujudga kela- Di. G.r. yordamida alifatik, yog’-aromatik, aromatik va geterosiklik aminlar, diaminlar va aminokislotalar olish mumkin. Sanoatda G.r. antroanil kis- lota sintez qilish uchun qo’llaniladi. Reaktsiya 1881 y.da kashf etilgan. 2) ammiakka alkillovchi reagentlar (galogenalkillar, dialkilsulfatlar va b.) ta’sir ettirib alifatik amin- lar olish. Reaktsiya mahsuloti sifatida birlamchi, ikkilamchi va uchlamchi amin- lar hamda to’rtlamchi ammoniy asosi aralashmasi hosil bo’ladi; mas, CH3J ishlatilganda [CH3NH3]J; [(CH3)2NH,] J; [(CH3)3NH]J va [(CH3)4N]J hosil bo’ladi. Reaktsiya 1850 y.da kashf etilgan. 3) to’rtlamchi ammoniy asosli gidroksid- larning termik parchalanishi natijasi- da o’lchamli aminlar va olefinlar hosil bo’lishi [RCH2CH2 N R’R”R”]OH—– ————>RCH=CH2+R’R’R*>I+H2O . Agar to’rtlamchi azot atomi turli o’rinbosarlar b-n bog’langan bo’lsa, qo’sh bog’li, tarkibida eng kam sonli alkil o’rinbosarlari bo’lgan olefin hosil bo’ladi (Goffman qoidasi). G.r. qo’llanishining muhim yo’nalishi Alka- loidlarning tuzilishini tekshirishdir. Reaktsiya 1851 y.da kashf etilgan.