TRIAS SISTEMASI

TRIAS SISTEMASI (DAVRI), trias (Yun. trias — uch, uchlik) — mezozoy erasinnt birinchi davri. Bundan 230 mln. yil avval boshlanib, 35 mln. yil vaqt davom etgan. Bu sistema Perm sistemasidan keyingi, yuradan avvalgi sistema xisoblanadi. Bu terminni fanga 1834 y. nemis olimi F. Alberti kiritgan. U Germaniyadagi turli rangli qumtosh, chig’anokli ohaktosh va keyper kabi tog’jinslaridan iborat 3 majmua litologik yotqiziklarni birlashtirib, trias deb nom bergan. Paleozoy erasi oxirida er shari yuzasi juda o’zgargan. Yuqori paleozoy geosinklinallari o’rnida baland tog’lar paydo bo’lgan. T.e. boshlarida shim. yarim sharda ulkan Lavraziya kontinenta mavjud bo’lib, uni Jan.dagi qad. Gondvana kontinentidan Tetis dengiz havzasi ajratib turgan. T.e. boshlarida platformalar butunlay qurib qolgan, hatto ayrim geosinklinallarda ham dengizlar chekina borib, Laguna yotqizikdari to’plana boshlagan. O’rta T.Sda quruklik va dengizlarda ko’p o’zgarishlar bo’lmagan. Yuqori T. e. da esa kuchli transgressiyalar sodir bo’lib, barcha geosinklinallar hamda platformalarning ayrim qismlarini suv bosgan. T.e. da dengiz cho’kindilari bilan birga qizil rangli kontinentap yotqiziklar (shim. Afrika, Shim. Amerika, Evropa, Avstraliya, Shim.G’arbiy Osiyoda) va Laguna yotqiziqlari (G’arbiy Evropa, Jan. Amerika, Shim. Afrika, Sharkiy Grenlandiyada) kengtarkalgan. Bu davrda tektonik harakatlar nisbatan kuchsiz kechgan. O’rta T.Sda Kavkaz shim., Yaponiya va Xitoyda tektonik xarakatlar bo’lgan. Kechki T.s.da Xitoyning shim. sharqi, Dobrudja, shim. Amerika, Jan. Afrika (kap tog’lari), Primore, Baykalorti, Kavkazda intensiv harakatlarni kuzatish mumkin. Tinch okean atroflari (Sibir platformasi, Kordilera, and tog’lari) bo’ylab vulkanlar otilgan. T. s.da o’simliklardan dengiz va chuchuk suvli havzalarda turli suvo’tlar, qumli qirg’oqlarda daraxtsimon plaunlar, nam erlarda paporotnik, tsikadofit, paporotniksimon, kordait va ignabarglilar keng tarkalgan. T.e. oxirlaridagi o’simliklar mezozoy o’simliklariga o’xshash bo’lgan. Hayvonot dunyosi Perm davrinikidan keskin farq qiladi. Bu davr boshlariga kelib trilobitlar, 4 nurli marjonpoliplar qirilib bitgan. Dengizlarda umurtkasizlar (yumshoq tanlilar)dan boshoyoqli mollyuskalar keng tarqalgan. Olti nurli marjonpoliplar, bulutlar, mshankalar, dengiz nilufarlari va dengiz tipratikanlari vujudga kelgan. Umurtqalilardan baliklar, amfibiyalar, reptiliyalar yashagan. Dinozavrlar, timsohlar, toshbaqa va kaltakesaklar ham T.e. uchun xos. Quyi triasda iklim issiq, sernam va quruq, yuqori triasda sernam, issiq bo’lgan. O’rtaosiyo,jumladan,O’zbekistondagi T. e. yotqiziqlari dengiz va continental tog’jinslaridan iborat. Ular Pomir, Darvoz, Hisor tog’lari, Farg’ona vodiysi, Farg’ona tizmasida uchraydi. T.e. yotqizikdarida foydali qazilmalardan, asosan, toshko’mir, qo’ng’ir ko’mir hamda boksit, gil, tosh tuzi, temir rudasi, mis, neft va b. bor.