GIDRAZOBIRIKMALAR
GIDRAZOBIRIKMALAR – gidra- zin molekulasida organik qoldiqlar saqlovchi birikmalar; g. bir o’rin al- mashgan, simmetrik va nosimmetrik, Di- o’rin almashgan, uch – va tetra urin almash- gan birikmalarga bo’linadi. Alifatik (alkilgidrazinlar), aromatik (arilgi- drazinlar) yoki geterosiklik guruhpar qoldiklari sifatida bo’lishi mumkin. Gidrazid xilidagi o’rin almashgan bi- rikmalar mono-, asil – va Di – o’rin al- mashgan birikmalardan tashkil topadi. G.ga gidrazon va azinlar ham kiradi. Quyi alkilgidrazinlar gigroskopik, havoda tutovchi birmuncha agressiv (teri, kauchuk va shishani emiradi) Xu- susiyatga ega bo’lgan o’ziga xos hidli suyuqliklardir. Ular spirt, suv va efir- da eriganda kup miqdorda issiqlik ajralib chiqadi. Mono – va Dial-kil- gidrazinlar o’z xossalari jihatidan gidrazinga o’xshash asoslardir. Gidra- zinning organik o’rin almashgan bi- rikmalari kuchli qaytaruvchilar bo’lib, atmosfera kislorodi xona haroratida ularni asta-sekin oksidlaydi. Yuza- si keng bo’lgan joyda esa ular o’z- o’zidan alangalanib ketishi mumkin. Gidrazidlar nitrit kislota b-n bi- rikib azidlar hosil qiladi, ulardan esa Kursius reaktsiyasidan foydalan- gan holda aminlar hosil qilish mum- kin; bu reaktsiyalarning ketma-ketligi karbon kislotalardan aminlar olish- ning qulay usulidir. Arilgidrazin- lar birmuncha faol moddalar bo’lib, qayta gidrazinlanish reaktsiyalariga kirisha oladi. Kislotali muhitda Fi- sher reaktsiyasi orqali qayta guruxla- nib indol hosilalarini hosil qiladi. Nosimmetrik dialkil – va dia- ril-gidrazinlar sanoatda plati- na yoki nikel katalizatori ishti- rokida nitro-zaminlarni gidrir- lash usulidan foydalanib olinadi. Gidrazinning organik o’rin almash – gan birikmalari doridarmonlar, bo’yoqlar, sun’iy oqartiruvchilar, po- limerlanish va g’ovak hosil bo’lish ja- rayonlarini tezlashtiruvchi moddalar sifatida qo’llaniladi. Benzol va to- luolsulfokislotalar gidrazidla- ri, 1,3,5-trigidrazinosim-triazin, 2,2-azobis-izobutironitril, nosim- metrik dimetilgidrazinlar muhim raketa yoqilg’ilaridan hisoblanadi. Qudrat Axmerov.