Gazni quritish

Gazni quritish – gazlar tarkibidagi suv bug’larini ajratib olish. Fizik-kimyoviy hamda fizik usullar yordamida bajariladi. Fizik-kimyoviy usul absorbtsiya va adsorbtsiya usullarini o’z ichiga oladi.Absorbtsiya usullari gazlardagi suv bug’larini suyuq moddalarga yuttirishga asoslangan. Bu usulda kuritiladigan gaz avval sovitiladi, keyin absorbtsion apparatning pastki qismiga kiritiladi. Apparatning yuqori qismidan gaz yunalishiga qarama-qarshi absorbent eritmasi (Mae, dietilenglikol) beriladi. Absorbent sifatida kaltsiy xlorid (35-40%), gliserin (85%), dietilenglikol (85-97%), uchetilenglikol, sulfat kislota (94-96%) va b. moddalarning eritmalari ishlatiladi. Gaz tarkibidagi namlik absorbentga o’tadi. Bunday usulda quritilgan gaz tarkibida kupi b-n 0,2 g/m3 nam qoladi. Adsorbtsiya usullari qo’llanilganda gazlardan nam qattiq moddalar — adsorbentlarga yutiladi. Adsorbent sifatida qattiq holdagi CaCI2, NaOH, kon, MgO, P2O5, boksitlar, silikagel, alyumogel va b. ishlatiladi. Bu moddalar o’z og’irligiga nisbatan 2% dan 10% gacha namni yuta oladi. Adsorbentlar gazlarni absorbentlarga nisbatan yaxshiroq quritadi. Fizik usullar nam gazni issiqdik almashish apparatlarida suv yoki boshqa issiqlik yutuvchi suyuqpiklar b-n sovitish, gazni siqishdan so’ng sovitish va siqilgan gazni birdaniga kengaytirishga asoslanadi. Gazlarni o’ta quritish uchun odatda, ikki pog’onali sxema tatbiq etiladi. Bunda nam gaz dastlab absorbtsion va so’ngra adsorbtsion qurilmalarda quritiladi. G. qdan maqsad ko’p komponentli gazlarni fraktsiyalarga ajratish, yonuvchi gazlarni quvurlar orqali jo’natish va b. Sanoat uchun g.q.ning ahamiyati katta.