Galshtat madaniyati

Galshtat madaniyati – jez va ilk temir davri arxeologax madaniyati (taxm. mil. AV. 10-5-alar). O’rta Evropaning Jan. qismi, xususan, Avstriya, Yugoslaviya, Chexiya, Slovakiya va Germaniya hududlarida keng tarqalgan. 1846 y. Galshtat sh. (Jan.-G’arbiy Avstriya) yaqinidan topilgani uchun shu nomni olgan. G. m.ni yaratganlar illiriy va kelt qabilalari bo’lgan. Ularning hayotida dehqonchilik asosiy o’rin egallagan, er xaydashda omochdan keng foydalangan. Galshtatliklar, shuningdek kulolchilik, tuz, mis va temir qazib olish, savdosotiq b-n mashg’ul bo’lishgan. Aholi yarim erto’la va yog’och uylarda yashashgan. Temirdan zeb-ziynat buyumlari va qurollar ishlangan. Ilk Galshtatda temir va jezdan ishlangan xanjar, oybolta, iskana, pichoq, paykonlar kup uchraydi. Jangchilarning bosh kiyimi jezdan qilingan, sovutlari teridan ishlanib, jez b-n qoplangan. Ayollar qo’l va oyoqlariga bilaguzuklar, bo’yinlariga fil suyagi, shisha va jezdan yasalgan munchoklar taqishgan. Topilmalar ichida Feruza ko’zli munchoklar, metall idishlar uchraydi.