Gallyusinasiya

Gallyusinasiya (lot. haUucinatio -xom xayol, bema’ni, xato) — yo’q narsa va hodisalarni bordek idrok etish. Idrok etilgan yo’q obrazlar tashki tasvirga ega bo’lib, ular borliqda Real narsalar kabi o’rin oladi va shu tufayli bemor bularning rostligiga ishona – Di, aslida yo’q narsalarni ko’rayotgan, eshitayotgandek bo’ladi. Ruhiy va infektsion zararlanishlar, bosh miya shikastlari, alkogolizm b-n bog’liq psixozlarda, giyohvandlikning ba’zi xili, ruhiy iztirob va h.k. oqibatida yuzaga keladi. G. ni birinchi bo’lib frantsuz psixiatri J. Eskirol ta’riflab bergan (1817). G. lar bosh miya barcha faoliyatining buzilishi b-n bog’liq bo’lib, u faqat idrok etish va tasavvur qilishning buzilishigina bo’lmay, balki bemorning atrof muhitga bo’lgan munosabati, uning hissiyoti va tafakkurlarining ham o’zgarishidir. G.ning oddiy va murakkabligi, qaysi analizatorga taalluqliligi, gallyusinator obrazlarning tasviri hamda paydo bo’lish sharoitiga qarab bir necha xilga ajratiladi. G.ning oddiy xili, ya’ni elementar g.ga fotopsiyalar (ko’z oldida uchqun, tutun yoki tuman ko’rinishi) hamda akazmlar (quloqqa shovqin, qarsillagan tovush eshitilishi) kirib, ular har doim predmetsiz yuzaga keladi. G.ning murakkab xili doim predmetli va tasviriy tabiatga (bemorning ko’z o’ngida unga tashlanayotgan hayvon yoki qon ko’rinishi mumkin) ega bo’ladi. Tabiatiga ko’ra (sezgi a’zolari yoki analizatorlar bo’yicha) ko’rish, eshitish, hid bilish, ta’m bilish, taktil va umumiy sezgi, shuningdek vestibulyator va motor g.lar farq qilinadi. Bemorda bir vaqtning o’zida bir nechta g. kuzatiladi. Mas, bemor (aslida yo’q) tanish yoki notanish kishilarni ko’ri-shi, gaplarini eshitishi; gullarni ko’rib ularni ushlashi yoki hidlab ko’rishi mumkii. G.dan imperativ mazmundagi eshitish g.i xavfli, bunda g’oyibdan kelgan tovush bemorga biror ish (o’zini o’ldirish, ovqat emaslik, uyni yoqish, atrofidagilarga tajovuz qilish) buyuradi. Asli yo’q tovushga bemor itoat qilib ba’zan jinoyatga qo’l urishi, o’z-o’ziga yoki o’zgalar joniga qasd qilishi mumkin. G. paydo bo’lish vaqti va sharoitiga ko’ra gipnogagik (uyqu oldi) va gipnopampik (uyg’onish vaqtida), klinik kechishiga qarab esa chin va soxta xillarga ajratiladi. G.ni imyuzshshan farqlamoq kerak. G. ko’pgina ruhiy kasalliklarning o’ziga xos belgilaridan hisoblanadi. Mirqobil Xalchlov.