“Turkiston-press”

“Turkiston-press” – nodavlat axborot agentligi; yopiq aktsiyadorlik jamiyati. Agentlikka hukumatga qarashli bo’lmagan ommaviy axborot vositalari, davlat va nodavlat tashkilotlaridan iborat tashabbuskor gurux, tomonidan 1998 y. 25 sent.da asos solingan. Respublika “matbuot tarkatuvchi” jamiyati, O’zbekiston ommaviy axborot vositalarini demokratiyalashtirish va qo’llab quvvatlash ijtimoiysiyosiy jamg’armasi (hoz. O’zbekiston jurnalistlari ijodiy uyushmasi), “O’zbekiston havo yo’llari” milliy aviakompaniyasi, “O’zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi va b. tashkilotlar tomonidan ta’sis etilgan. “T.p.”ilk nodavlat axborot agentligi sifatida mamlakat ijtimoiysiyosiy hayotida demokratik jarayonlarni chuqurlashtirish, ommaviy axborot vositalari imkoniyatlarini kengaytirish va erkinligini ta’minlash, ularni bozor iqtisodiyoti hamda demokratik tamoyillar asosida isloh etishni kuchaytirish maqsadida tashkil etilgan. Shuningdek, agentlik respublika hayoti haqidagi xolis axborotlarni dunyoga tezkor tarqatish tizimini yaratish, O’zbekiston fuqarolarining xalqaro hayotga daxldor axborotlarga bo’lgan ehtiyojini yanada to’la qondirishni ko’zda tutadi. Agentlik tomonidan 30 dan ziyod diplomatik korpus hamda xalqaro tashkilotlar, shuningdek, O’zbekistondagi yirik kompaniyalar uchun haftalik xabarnomalar tayyorlanadi. Bundan tashqari, agentliko’zmuxbirlaritomonidantayyorlanayotgan axborotlarni xalqaro miqyosda tarqatishni ham yo’lga qo’ygan. Agentlik O’zbekistonning barcha mintaqalarida o’z muxbirlariga ega. 2000 y.dan agentlik o’z nashri — “mohiyat” gaz.ni chop eta boshladi. Shuningdek, uning tarkibida “Turkistonpoligraf” korxonasi ham faoliyat ko’rsatadi.