Troya

Troya (Ilion) — kichik Osiyoning shim.g’arbidagi qad. shahar. Yunon eposi orqali ma’lum. Nemis arxeologi g. Shliman tomonidan 1870-y.larda Gissarlik tepaligidagi qazishmalar natijasida topilgan. 19-a.ning oxiri. dan muntazam qazish ishlari olib borilgan, natijada T.ning ilk jez davri (mil. AV. taxm. 3000 y.) dan boshlangan turli qatlamlari ochilgan. Jez davrida T. yirik markaz va kichik podsholik poytaxti bo’lgan. T. tepalik yon bag’riga joylashgan, atrofi burjli mudofaa devori bilan o’ralgan. Tepalikda Ark, uning atrofida zodagonlarning uylari bo’lgan. Mil. AV. taxminan 1260 y.da Troya urushi natijasida axeylar tomonidan bosib olinib, vayron qilingan. Axeylar ketgach, shahar qad. madaniy an’anasini sakdab qolgan, lekin ilgarigi mavkeini tiklay olmagan. Mil. AV. 1190 y. Bolqon ya.o.ning shim. viloyatlaridan ko’chib kelganlarning yangi guruhi o’zlari bilan jez qurolaslahalari va sopol buyumlarining yangi shakllarini olib kelishgan. Mil. AV. 1100 y. T. bosqinchilik qurboni bo’lib, vayron qilingan, faqat 400 y. o’tgach, mil. AV. 700 y. yunonlar T. o’rnida yangi Ilion nomli yangi shahar barpo etishgan.