Tropik kasalliklar, issiq mamlakatlar kasalliklari

Tropik kasalliklar, issiq mamlakatlar kasalliklari — asosan, tropik va subtropik mintaqalarda tarqalgan har xil kasalliklar guruhi. Bu kasalliklarga infektsion (yuqumli) va parazitar kasalliklar (asosan, transmissiv kasalliklar), virusli (mas., sariq isitma), bakteriyali (mas., melioidoz), zamburug’li (mas., koktsidiomikoz), sodda hayvonlar qo’zg’atadigan bezgak, leyshmanioz, uyqu kasalligi va b.; gelmintozlar (shistosomatoz, filyariatoz) kiradi. T.k.ga issiq iqlim ta’siri (mas., dermatitlar), ovqat tarkibida oqsil va vitaminlar etishmasligidan kelib chiqadigan kasalliklar (mas., kvashiorkor, beriberi va b.), shuningdek, zaharli ilonlar, baliklar, o’rgimchaklardan zaharlanishlar kiradi.