Tudun, tutun

Tudun, tutun — Turk xoqonligi boshqaruvidagi unvonlardan biri. Xoqon xonadoniga mansub va bo’ysundirilgan viloyatlardagi hokimlar faoliyatini nazorat qilib, o’lpon va soliqlar yig’ishni tashkil etish maqsadida tayinlangan noib unvoni. T. kdd. turk bitiktoshlarida, Xitoy, Sug’d, Arab, fors, yunon manbalarida, sug’diy, baktriy yozuvli tangalarda uchraydi. Xitoyning Tanshu yilnomasida 7-a.ning 40-y.laridan to 8-a.ning 40-y.larigacha hukm surgan Choch hukmdorlari T. unvoni bilan kayd etiladi. Ushbu yilnomada Chochni turli yillarda idora qilgan 4 nafar T. haqida so’z boradi. Choch hukmdorlarining unvoni T. bo’lganini boshqa tillardagi ma’lumotlar ham tasdiklaydi (mas., Mug’qal’ahujjatlari). Arabfors manbalarida ham Choch hukmdorlari T. unvonida tilga olinadi. Ad.: Ishoqov M., Unutilgan podsholikdan xatlar, T., 1992.