YUM DEYVID

YUM DEYVID (1711.7.5 Edinburg — 1776.25.8) — ingliz faylasufi, tarixchisi, iqtisodchisi. Agnostisizmning asosiy printsiplarini ta’riflab bergan. Sabablarini bilib bo’lmaydigan “taassurotlar” oqimi bo’lgan hissiy tajriba (bilimlar manbai) to’g’risidagi ta’limotni rivojlantirgan. Borliq bilan ruhning munosabatini hal qilib bo’lmaydigan masala deb hisoblagan. Substantsiya tushunchasini inkor etgan, uni bamisoli sarob deb bilgan. G’oyalar assosiasiyasi nazariyasini ishlab chiqqan. Etikada utilitarizm kontsepsiyasini rivojlantirgan, siyosiy iqtisodda A. Smit ilgari surgan qiymatning mehnat nazariyasiga qo’shilgan. Yum ta’limoti I. Kant falsafasi, pozitivizm va nepozitivizm manbalaridan biri hisoblanadi. Asosiy asarlari: “inson tabiati to’g’risida risola”, “tabiiy din to’g’risida muloqot”, “jonning abadiyligi haqida”, “Stoik”, “skeptik”.