YUMOR

YUMOR (lotincha) — kulgi bilan xayrixohlikni o’zida mujassam etgan komiklik turi. Badiiy adabiyotga mansub yumoristik asarda yozuvchi ijtimoiy hayotdagi, shaxsiy turmushdagi, xususan, ayrim kishilardagi ba’zi kamchilik nuqsonlardan kulib, uni tanqid qiladi. Bunda yozuvchi tanqid qilinayotgan ob’yektning yo’qotilishiga tarafdor emas, unga achinadi, undagi mavjud kamchilikning tuzalishini istaydi. Yengil tanqid, hazil ruhi bilan yumor satiradyan farq qiladi. Satirik asarda ijtimoiy hayot hodisalari zaharxanda kulgi orqali fosh etilsa, xarakterdagi nuqsonlar hazil-mutoyiba, kinoya bilan tanqid qilinadi. Satirada Yumor unsuri bo’lganidek, yumorda ham satira unsuri bor. Har qanday jiddiy asar (roman, qissa, hikoya, doston, she’r va shahrik.) da, xalq ijodi namunalarida ham yumor bo’ladi. G’arb adabiyotidagi asosiy namoyandalari Servantes, L. Stern, Ch.Dikkens, N.V.Gogol, M.Tven; o’zbek adabiyotida esa Muqimiy, G’.G’ulom, A.Qahhor, S.Ahmad va boshqalar tasviriy san’atda Yumor voqea, narsa, jonivor, ayniqsa, kishilarning xattiharakati kulgili tasvirlangan, engil tanqid etilgan, umuman ko’rinishi, ishi hazilmutoyiba tarzida ko’rsatilgan tasvir (ko’pincha grafika asari)dir.