Govmijja, govmichcha
Govmijja, govmichcha — qovoq chetidagi yog’bezlari (tashqi g.) va ki- prik tuk piyozchasi (ichki g.)ning o’tkir yiringli yallig’lanishi. Tashqi G.da Yi- ringli shish qovoq chetiga, ichki g.da esa shilliq parda tomonga qaragan bo’ladi. Bezchalarga yiring paydo qiluvchi mikro- organizmlar tushishi, shaxsiy gigiena qoidalariga rioya qilmaslik, shuning- dek, moddalar almashinuvining buzili- shi, avitaminoz, kamqonlik, darmonsiz- lik, umumiy immunitetning pasayishi, qandli diabet, me’da-ichak va yuqori nafas yo’llarining kasalliklari, ko’z refraktsiyasining anomaliyalari, yosh oqish yo’llarining kasalliklari g. ga yoki uning tez-tez qaytalanishiga sabab bo’ladi.. Kasallik qovoq chetida og’rikli nuqta paydo bo’lishi b-n boshlanadi, so’ngra uning atrofi qizarib shishadi. 2-3 kundan so’ng g. uchi sarg’ayib yori- ladi va undan yiring chiqadi. G.ga qovoq va shilliq pardaning qizarishi va shi- shishi qo’shiladi. Ba’zan bir nechta g. chiqishi, ularning bir-biriga qo’shilishi yoki qayta-qayta g. chiqishi kuzatiladi. Bunda bosh og’rib, harorat ko’tariladi, quloq oldi va jag’osti limfa bezlari kattalashadi va og’riydi. G. chiqqanda vrachga murojaat etish lozim. Uni siqish yoki sitish yaramaydi, aks holda infektsiya qonga o’tib ko’z kosasining flegmonasiga va meningit, sepsis kabi og’ir asoratlar- ga sabab bo’lishi mumkin. G.ning oldini oldishda ozodalik tartiblariga qat’iy amal qilish, iflos, chang joylarda ish- laganda himoya oynaklaridan foydala- nish, organizmni toliqtiradigan kasal- liklarni o’z vaqtida aniqlab davolatish lozim. Davolash uchun ko’zga antibiotic va sulfanilamid preparatlarining eritmalari tomiziladi yoki mazlari qo’yiladi. Yiring ketgandan so’ng quruq issiq va UVCH buyuriladi.