Glossematika
Glossematika (Yun. Glossematos — til) — umumlingvistik nazariya. 20- a. 30-y.larida Kopengagen un-tida L. Elmslev va b. tomonidan yaratilgan. Mu- alliflar gnoseologik masalalar echimi (bunda mantiqiy pozitivizmning falsa- fiy ta’siri nazarda tutiladi)ni qat’iy inkor etib, yangicha metodlarni ishlab chiqishni mo’ljalladilar. Bu metodlar yordamida til hodisalarini qarama- qarshiliklarsiz, mukammal va nihoyatda oddiy qilib (ekspertizm asosida) tas- virlab berish imkoniyati bor. G. moxiyatan F.de Sossyur ta’limoti b-n alokador va unga juda yaqin turadi. G.dagi lingvistik taxlil metodikasi deduktsiya sifatida xarakterlanadi. U taxlil qilinayotgan matn asosida sistemani belgilashga olib kelishi kerak. Buning uchun dastlabki ma’lumotlar — yaxlit matn izchillik b-n mayda qismlarga (bosqichlarga, gaplarga, so’zlarga, bo’g’inlarga va fonemalarga) bo’linadi. Har bosqichda birlikni bel- gilashning asosiy usuli taxlil bo’ladi. G.dagi taxlilning ikkinchi muhim bosqichi til birliklari o’rtasidagi funktsiyalarni hisobga olishdir. O’zaro bog’liqlikdan kelib chiqadigan til hodisalarini rasman taxlil va bayon qilishda g. samarali natijalar beradi. Ad.: Elmslev L., Metod strukturnogo analiza v lingvistike [Istoriya yazi- koznaniya XIX—XX vv. V ocherkax i iz- vlecheniyax, ch. II ], M., 1965; Gak V. G., K probleme semanticheskoy problematiki [Problemi strukturnoy lingvistiki], M., 1972.