Genetik fond, genofond

Genetik fond, genofond (gen va Frans. fond — asos) — individlar- da mavjud bo’lgan va mazkur populyasiyann tashkil qiluvchi genlar yig’indisi. G. f. irq va turlarning paydo bo’lish jara- yoni asosidir. “G. f.”terminini fanga rus olimi A. S. Serebrovskiy kiritgan (1928). Populyasiyadagi genlarning nis- biy takrorlanishi etarli darajada kat- ta populyasiyalar miqyosida va tanlash ro’y bermaydigan sharoitlarda avloddan-AV- lodga o’zgarishsiz o’tadi. Populyasiyalar G. f. mutasiyalarmusht vujudga kelishi, duragaylash (biron-bir boshqa populya- tsiyadan genlarning o’tishi) va tabiiy tanlanish natijasida o’zgaradi. Kros- singover yoki meyozda xromosomalarning qayta taqsimlanishidan yuzaga keluvchi rekombinasiya genning yangi birikmala- rini hosil qiladi. Natijada vujudga kelgan yangi fenotiplar muayyan dara- jada yashovchanlikka qulay yoki, aksincha, noqulay bo’lishi mumkin. N. I. Vavilov- birlamchi va ikkilamchi gen markazlari haqidagi tushunchani ifodalab berdi (q. Madaniy o’simliklarning kelib chiqish markazlari). Tur populyasiyalari g. f. tarkibi tarixan gen markazlarida shak- llangan. Botanik olim P. M. Jukovskiy madaniy o’simliklarning kelib chiqish va shakl hosil qilishining 12 ta Mega- markazini aniqladi. Biroq taksonomik tarkibining keng ko’lamda ro’y berayotgan qashshoqlanishi va ko’pgina ekosistema- lar strukturasining soddalashib bori- shi ularning optimal darajada faoli – yat ko’rsatishini hamda barqarorligini cheklab qo’imoqda. Ko’p populyasiyalargi- na emas, balki ko’pgina turlar va hatto turkumlar yo’qolib ketmoqda, natijada insoniyat qimmatli genetik material- dan mahrum bo’lmoqsa. G. f.ni saqlab qolishda o’simliklar (flora) geog.si va dunyo kollektsiyalari (genlar banki)ning ahamiyati katta. Dunyo kollektsiyasi — juda turli-tuman genotiplar, agroeko- logik belgi va xususiyatlar yig’indisi bo’lib, ulardan ijodiy ilmiy ishlarda foydalaniladi. Mas, 30-y.larda Mek- sikadan N. I. Vavilov keltirgan akala g’o’za populyasiyasi O’zbekistan, toji- kiston, Turkmanistonda yangi selektsi- on navlarni yaratish uchun asos bo’ldi. G’o’za turkumiga oid 50 ga yaqin yovvoyi turlarning va 4 madaniylashtirilgan turlarga oid 6 mingdan ortiq kollek- tsion nusxalar, yuzlab ko’p genomlik sintetik shakllar O’zbekiston FA Ge- netika va o’simliklar eksperimen- ta! biologiyasi in-tining jahonga mashhur g.f.da saqlanib kelmoqsa va manba bo’lib ishlatilmoqaa. Ad.: Genofond texnicheskix Kultur — rezerv razvitiya agrokompleksa Sredne- Aziatskogo regiona, T., 1986.