TEKTONITLAR
TEKTONITLAR — erning chuqur qatlamlaridagi kuchlar ta’sirida minerallari muayyan yo’nalishdagi holatni egallagan tog’jinslarining umumiy nomi. Odatda, bunday ta’sir kayta kristallanish, parchalanish (milonitlar, tektonik brekchiyalar), varaqsimonlikni hosil bo’lishi bilan birga sodir bo’ladi. Petrostruktura taxlili (q. Petrotektonika) yordamida deformasiyaning ketma-ket bosqichlarini va dinamometamorfizm vaqtida harakatga keladigan siqilayotgan va parchalanayotgan kuchlanishlarning yunalishlari aniqlanadi. Minerallarning yo’nalish xususiyatiga qarab T. modda harakatining differentsial tipini aks ettiruvchi 3 guruhga bo’linadi: plastinkasimon minerallar (slyuda va b.) sirpanish yuzasi bilan parallel joylashib, varaqsimonlik hosil qiladi; minerallarda sirpanish 2 o’zaro kesishgan yuzada sodir bo’ladi; burmalarning yo’nalishi bo’yicha joylashgan zarralar o’q atrofida aylanadi. T. bulaklari, odatda burchakli, o’tkir qirrali shaklga ega bo’lib, sirpanish yuzasi bilan qoplangan, egiluvchan tog’jinslari bo’laklari (jumladan serpentinitlar) aksari yumaloqlangan bo’ladi. Limonitlar paleozoy va proterozoy tof jinsla – ri orasida uchraydi. Limonitlashgan spilitlar va talkka aylana boshlagan ofiolitli T. Sulton Uvays tog’larida uchraydi.