Temir qapig’
Temir qapig’ (qad. turkiycha qapu — eshik), Darvozai Ohanin, Darbandi Ohanin, Ohanin darvozasi — O’rta Sharq mamlakatlari, xususan Movarounnahrdagi bir qancha shaharlarning mudofaa devorlaridagi temir darvoza, shuningdek, tor tog’daralaridagi o’tish yo’lagi. O’zbekistonning Jan. hududidagi Boysuntog’tizmasi g’arbida joylashgan tor dara — qad. mashhur tog’yo’lagi ham T.q. deyilgan. Uning nomi manbalarda turlicha yozilgan. Arabcha manbalarda bob u l Hadid, mo’g’ulchada Qahlag’a, Xondamirning “Habib assiyar” asarida Tangi Chakchak, Muhammad Vafo Karminagiy “Tuhfai Xoniy” asarida Buzgalaxona deb qayd etilgan va bu nom 19-a.ning 2yarmida ham saqlangan. (q. Buzgalaxona). Qadimda T.q. 2 tarixiymadaniy o’lka — Baqtriya va Sug’diyonani bog’lab turgan. Arxeologik tadqiqotlar (1985, 1989-90) xulosalariga ko’ra, T.q. hududida, relefga moslab, Sho’robsoy vodiysidan o’tish mumkin bo’lgan joy bal. 2,7 m (qalinligi 6,5 qisman toshdan, bir qismi xom g’ishtdan, uz. 300 m chamasi mudofaa ahamiyatiga ega) devor bilan to’silgan. Uning ba’zi joylariga minoralar va bitta to’rtburchak shaklidagi kichik qo’rg’on (Sherxoja qo’rg’oni, 80×50 m, hozir sakdanmagan) ham qurilgan edi. Qo’rg’on vakt jihatdan taxm. mil. AV. 4-a.ga mansub, dastlabki devor esa, YunonBaktriya Podshog’ligi davrlariga to’g’ri keladi. T.q. harbiy mudofaa maqsadidagi joy bo’lishi bilan birga, xalqaro savdo yo’lidagi muhim bojxona vazifasini o’tagan. Buyuk ipak yo’lining bir tarmog’i shu erdan o’tgan. Bu haqsa Rui Gonsales de Klavixo safarnomasida muhim ma’lumotlar keltirilgan. U shunday yozadi: “… Temir darvoza Temurbekning ixtiyorida va unga har yili katta daromad keltiradi, chunki kichik Hindistondan Samarkand podshoxligiga va undan shim.dagi erlarga yo’l olgan savdogarlar shu erlardan o’tadi…» Jizzax viloyatidagi Ilono’tti tog’ yo’lagi ham T.q. deb atalgan. Omonulla Bo’riev.