Termitlar, qir chumolilar, oq chumolilar
Termitlar, qir chumolilar, oq chumolilar (Isoptera) — hasharotlarning bir turkumi. 2600 turi ma’lum. Asosan, tropik va subtropik mamlakatlarda tarqalgan. Chumolilarga o’xshab (bir necha yuzdan milliongacha individi birga) jamoa bo’lib uya (in)larda yashaydi. Jamoada ona, ota, ishchi va qo’riqchi individlar bor. Ona T. (tanasi 140 mm cha; boshqalarniki 2-20 mm) 10 yilgacha yashab, umr bo’yi (115 mln.gacha) tuxum qo’yadi. Ma’lum davrlarda uzun, teng qanoatli erkak va urg’ochi T. (keyinchalik kanotini tashlab yuboradi; fasetkali ko’zlari bor. Boshqalarida ko’z rivojlanmagan yoki yo’q) paydo bo’lib turadi. Bular yangi koloniya asoschilaridir. Ko’pchilikni qanotsiz ishchi T. (asosan, urgochisi) tashkil qiladi. Ular uya qurish, oilaning boshqa a’zolarini ovqatlantirish vazifasini bajaradi. Uyasini er ustiga (15 m balandlikda, ay-lanasi 20-30 m) yoki tagiga, shuningdek, daraxtlarga yasashi mumkin. O’simlikning yog’och qismi bilan ovqatlanadi. Ular ichagida yogoch kletchatkasini hazm qila oladigan ferment ajratuvchi xivchinlilar simbioz yashaydi. Qo’riqchilarning bosh kismi jag’lari juda rivojlangan bo’lib, uyaga begona hasharotlarni kiritmaydi. 8 turi, jumladan, O’rta Osiyoda Turkiston termiti uchraydi. T. inshootlarning yog’och qismini buzadi, tropik mamlakatlarda esa ekinlarga ham zarar keltiradi. Termo… (Yun. therme — issiq, harorat) — qo’shma so’z bo’lagi. Issiklikka oidlikni bildiradi (mas., termometr, termodinamika).