TOSHQAZGAN GRAFIT KONI
TOSHQAZGAN GRAFIT KONI – Navoiy viloyatidagi kon. Markaziy Qizilqumdagi Quljuqtov tog’lari g’arbiy qismida joylashgan. 1928-29 y.larda ochilgan. Kon geologiyasini keyinroq X M. Abdullaev, I. H. Hamroboev va b. o’rgangan. Genezisiga ko’ra, kontakt metasomatik turga mansub bo’lib, gabbroid intruzivlar bilan devon davriga oid cho’kindi metamorfik tog’jinslari chegarasida hosil bo’lgan metasomatitlarda joylashgan. Grafit rudalari turli darajada o’zgargan va grafitlashgan gabbrolardan iborat. Odatda, kontaktning burmalangan joylarida hamda gabbroidlarni qamrab turuvchi ohaktosh qatlamlari oralig’idagi tanalar bilan bog’liq holda linzasimon, jelvaksimon, uyachasimon shakllarda uchraydi. Ruda tanalarining uz. 20 — 90 m dan 500-600 m gacha, qalinligi 0,5—5 m dan 60-90 m gacha. Grafitning o’rtacha miqdori 11% bo’lib, u 30-40% gacha o’zgarib turadi. Ruda tarkibida Ni, Co hamda pirit, pentlandit, bravoit kabi sulfidli minerallar mavjud. Sulfidlar tarkibida Pt, Pd, Rh, Au, Ag, Si va b. elementlar g’am bor. T.g.k.da mineral tarkibi va hamda Ni va so ning miqdori qayta ishlash texnologiyasiga karab rudalar ikki (oksidlangan va kam o’zgargan) turga ajratiladi. Ularning boyitish va qayta ishlash texnologiyalari g’am ancha farklanadi. T.g.k. O’zbekistonda ma’lum bo’lgan bir necha grafit konlaridan eng kattasi bo’lib, rudalar yuqori sifatli va katta zaxiraga ega.