Tor
Tor — 1) ba’zi musika cholgu asboblari (tanbur, g’ijjak, chang, skripka, Royal va b.)da tovush manbai sifatida ishlatiladigan tarang tortilgan ip, sim va h.k. T. qanchalik qisqa, ingichka va materiali pishiq (zich) bo’lsa, uning tebranish tezligi (tovush yo’g’oningichkaligi) shuncha yuqori bo’ladi. Hozirgi musika cholg’ularida metall (po’lat), ba’zan ipak, shoyi va sintetik tola (kapron, neylon)dan qilingan T.lar qo’llaniladi. Ko’pincha past (yo’g’on) tovushqator hosil qilish uchun qo’llaniladigan T.larning ustidan bir yoki ikki qavat sim o’raladi; 2) torlimezrobli musiqa cholg’u asbobi. Qad. T.da 4-6 sim tortilgan. Hoz. T. 19-a. o’rtasidan Eron, Kavkaz xalkdari (Ozarbayjon, arman va b.) orasida keng tarqalgan. T. keng texnika imkoniyatlari, yorqin va jozibali tembr, kuchli dinamikasi bilan ajralib turadi. Unda 11 ta sim tortilgan bo’lib, eng pastki (o’rtada joylashgan) simdan tashqarilari juftlangan tarzda bo’ladi va kvarta intervali oraligida sozlanadi.T.ning zamonaviy turi 20-a. 30-y.laridan boshlab O’zbekiston (bola baxshi Abdullaev, keyinchalik Komiljon Otaniyozov va b.), so’ng Tojikiston musiqa madaniyatiga xam singib ketdi. T. chanosh (kosaxonasi) 8 raqami shaklida bo’lib, asosan, tut yogochidan (ba’zida yong’oq) o’yib ishlanadi. Chanoqning ustki ochiq kismi teri bilan qoplanadi. Dastasi uzun (800-900 mm). Dasta bo’ylab 22 asosiy va 2-3 (chanoq bilan dasta ulangan joyida) Xae pardalar yopishtiriladi. Ozarbayjon T. ida nim pardalar ham bo’ladi. Eron, Ozarbayjon, arman (dastgoh, muyum, kuy, ashula va b.) mumtoz musika namunalari ijrosida yakka tarkibida etakchi cholg’u sifatida keng qo’llaniladi. T. ijrochilaridan Sodiq Asad o’g’li, M. Mansurov, B. Mansurov, A. Bokixonov, K. Primov va b. mashhur.