Tolali o’simliklar

Tolali o’simliklar – tola yoki yigiruv xom ashyolari, materiallari olinadigan bir va ko’p yillik o’tsimon, buta va daraxtsimon o’simliklar. O’simliklar dunyosidagi 292 oiladan 125 tasi T.o’.lar hisoblanadi. T.o’.ning ahamiyati to’qimalari tarkibidagi lub tolalari (sklerenximali tolalar) va limbriformlar (mustahkam yog’ochlangan tolalar) miqdoriga bog’liq. Tola o’simliklarning qaysi organlarida hosil bo’lishiga qarab T.o’. 3 guruhga ajratiladi: 1) tolasi urug’ida rivojlanadigan T.o’. — g’o’za (q. Paxta tolasi); 2) tolasi ggoyasida rivojlanadigan T.o’. — kanop, jut, nasha, tolali zig’ir, kendir, sida; 3) tolasi bargida rivojlanadigan T. o’. — tolali banan, agava, yukka, yangi Zelandiya zig’iri. Biologik xususiyatlari xilmaxil bo’lgan T.o’. Er yuzida turli tuproq — iqlim sharoitlarida etishtiriladi. T. o’. har xil botanik oila va turlarga mansub. Shuning uchun morfologik va biologik xususiyati bo’yicha birbiridan farq qiladi. Tola sifatining asosiy ko’rsatkichlari: uzunligi, diametri, egiluvchanligi va pishiqligidir. Tola o’simliqsan ajratilgan paytda oq, sariq, va kulrang bo’ladi. To’qimachilik sanoatida T.o’. tolasining mayin yoki dag’alligiga qarab har xil gazmollar ishlab chiqariladi. Jahon to’qimachilik sanoatida paxta tolasidan mayin gazlamalar, lub tolali o’simliklarning tolasidan dag’al gazlamalar, qop, qanor, arqon, cho’tka, qog’oz kabi mahsulotlar va b. buyumlar ishlab chiqariladi. T.o’. urug’i 18-42% moy bo’ladi. Moy oziqovqatda, texnikada, lokbo’yoq sanoatida, sovun tayyorlashda va b. yo’nalishlarda qo’llaniladi. Halima Otaboeva.