Tinch okean geosinklinal mintaqasi
Tinch okean geosinklinal mintaqasi — tinch Okeanii o’rab turgan, er po’stining hoz. zamon geosinklinal zonalari va turli yoshdagi burmalanish oblastlari majmuasini ifodalovchi erning eng yirik geosinklinal mintaqalaridan biri. And, Kordilera, yuqori Yanachukotka oblasti, tinch okeanning orollar yoyi zonasini o’z ichiga oladi. Ba’zan T.o.g.m ikkiga bo’linadi: Sharqiy T.o.g.m. (Kordilera) va G’arbiy T.o.g.m. Okean qa’ridan T.o.g.m. chuqur suvli novlar — Aleut, Kurill, Kamchatka, Mariana, Tonga, Karmadek, Peru, Chili, Gvatemala va boshqalar bilan ajralgan. Mintaqaning tashki chegarasi Sibir, Xitoykoreya, Jan. Xitoy, Avstraliya, Antarktida, Jan. Amerika va shim. Amerika qad. materik platformalarining okeanga qaragan chekkalaridan iborat. T.o.g.m., asosan, yuqori paleozoy, mezozoy, kaynozoyning hoz. zamon yotqiziqdarini o’z ichiga oladi. Mintaqaning tashqi halqa bo’yicha uz. 56000 km atrofida; eni bir necha yuz km dan 3— 5 ming km gacha. T. o.g.m. atroflarida 2 xil strukturaviy qism: ulardan biri ortdagi — er po’stining materikli tuzilishi bilan xarakterlanadi va geosinklinal burmalanish oblastlarida hosil bo’ladi; boshqasi esa, ro’paradagi — ocean qa’rini o’rab olgan strukturali zonalardan hosil bo’lgan, ularda materik pusti hali shakllanmagan. Okean o’zaniga yaqinlashgan sari tektonik zonalar yosharib boradi va shunga muvofiq materikli oblastlarning o’sishi yuzaga keladi. T. o.g.m. atroflarida erning “olovli halqasi” joylashgan bo’lib, yosh vulkanlar halqasi andezit tarkibli vulkan otilishining mahsuli; ularga seysmik jarayonlarning kuchli namoenlari, jumladan, episentri 700 km chuqurlikda bo’lgan er qimirlashlar to’g’ri keladi. T. o.g.m.larida foydali qazilma konlarini kontsentrasiyasi er po’stining tutash uchastkalaridagiga nisbatan keskin ko’tarilgan bo’ladi. T.o.g.m. ning materik qismida oltin, kumush, qalay, volfram, polimetall, okean oldi qismida esa, mis, temir, xromit, nikel, platina va oltin rudalari konlari tarkalgan. Simob konlari vulkanik mintaqalar bilan bog’liq. T.o.m.g.ga yirik neftgaz konlari ham to’g’ri keladi. Ularning bir guruhi mintaqa chegarasida qad. platformalar tutashgan joylarda (yukrri yana bukilmasi, shim. va Jan. Amerika bukilmalari), boshqasi — quyi kaynozoy chukindilari bilan to’ldirilgan chuqur bukilmalar (Saxalin, Kaliforniya, Kalimantan va b.)da joylashgan. Neftgaz resurelarining katta qismi chekka dengiz suvlari ostiga yashiringan. T.o.g.m. Erning eng faol harakatdagi seysmik va vulkanli mintaqasi.