Tinchlik, xalqaro tinchlik

Tinchlik, xalqaro tinchlik — xalqlar va davlatlar o’rtasida zo’rlik ishlatmasdan tashki siyosat olib borishga, o’z zimmasiga olgan majburiyatlarni bajarishga va odatda, xalqaro shartnomalarsa mustahkamlab qo’yilgan majburiyatlarga rioya etishga asoslanadigan munosabatlar: davlatlar urtasida uyushtirilgan qurolli kurash (ya’ni urush) nint yo’qligi. Dunyo, jamiyat rivojlanib borgan sari xalqaro munosabatlarning sub’ektlari urtasida vujudga keladi gan mojarolar, nizolar, kelishmovchiliklarni hal qilishning zamonaviy yullari, usullari ishlab chiqilib, amalga oshirilmoqda. Bunda quyidagi holatlar hisobga olinmoqda: 21-a. boshlarida mojarolarning sabablari va manbalari; mojarolarning ishtirokchilari; mojarolarning xarakteri va mazmuni; bu mojarolarni hal etuvchi xalqaro tashkilotlar faoliyati o’zgarayotganligi. T. ni saklash uchun mojarolarning oldini olish, ularni tugatishda diplomatic metodlarning roli ma’lum darajada kamayib, iqtisodiy va moliyaviy vositalarning kuchayib borishi kuzatilmoqda. Shuningdek, nizolarni tinch yo’l bilan hal qilishda gumanitar operasiyalar sezilarli rol o’ynamoqda. O’zbekiston mustaqillikka erishgandan buen jahonda va Markaziy Osiyo mintaqasida T. va barkarorlik zarurligidan kelib chiqib o’z tashqi siyosatini amalga oshirmoqsa. Mamlakatimiz dunyoda T.ni saklashning barcha xalqaro huquqiy me’yorlariga amal qiladi va ularga sodiq qoladi. Sayfiddin Jo’raev.