Tikuvchilik

Tikuvchilik — kasbhunar turi; kiyimkechak: ko’rpato’shak va b. buyumlarni tikish kasbi. T. vositalari, material va texnikasi turli davrlarda turli xalklarning moddiy va madaniy saviyasi, ikg’shm sharoiti, ehtiyoj va imkoniyatlari, urfodatlari zaminida taraniy etgan (q. Kiyim). Arxeologik qazishlar natijasida jaxrnning turli mamlakatlari hududidan topilgan T. vositalari, kiyimkechak va uyro’zg’or buyumlari bu kaebning barcha xalqlarda qadimdan mavjudligi, o’ziga xos taraqqiyot bosqichlarini o’taganligini ko’rsatadi. T. buyumlari dehqonchilik bilan shug’ullanadigan xalklarda ko’proq o’simlik tolalaridan to’qilgan gazlamalardan, chorvador xalklarda aksariyat jun gazlama va teridan tikilgan. 19-a.gacha barcha xalklarda, jumladan, O’rta Osiyo xalqlarida ham T. ishlari qo’lda bajarilgan. Ba’zi sohalarda bu kasb namunalari yuksak san’at darajasiga ko’tarilgan (mas., gulko’rpa, zarbof to’n, choyshab, jiyak va h.k.). Turli davrlarda T.dan mustaqil kasb sifatida etikdo’zlik, mahsido’zlik, po’stindo’zlik, do’ppido’zlik, kashtado’zlik, gilamchshshk va b. ko’plab kasb turlari ajralib chiqqan. 19-a. 2yarmidan Evropa mamlakatlarida T. da maxsus tikuv mashinalari keng qo’llanila boshladi, keyin boshqa hududlarga, shu jumladan, O’zbekistonga ham tarqaldi (q. Tiku v mashinasi). T. taraqqiyotining hamma davrlarida bichiqchilik uning ajralmas qismi bo’lgan. O’rta Osiyoda, shu jumladan, O’zbekistonda T. hunarmandchilikdan engil sanoatning yirik tarmog’iga aylandi. Zamonaviy texnika bilan uskunalangan korxonalar tashkil etildi, mahalliy tikuvchi, kosib va b. hunarmandlar T.ning yangi texnikasini o’zlashtirdilar (q. Engil sanoat).