TINTIKIT
TINTIKIT (AQShning yuta shtatidagi Tintik degan joy nomidan) — mineral; temir, fosfor va suv birikmalaridan tarkib topgan. Tabiatda kam uchraydi. T. 1963 y. O’zbekiston g’arbi (Qizilqum)da topilgan va o’rganilgan. Ushbu T.ning rentgenogrammasi yuta shtatidagi T. nikiga yakin. Uning ko’rinishi gil minerallarni eslatadi. Kimyoviy tarkibi G’e3[(on)3(RO4)2]ZN2O, unda G’e,O3 48,18%, R2O530,7%, N2O 19,51%, A12O3 1,48%, Na2O5 0,08%, K2O 0,03% mavjudligi aniqlangan. Rangi oqsariq, yashil tusli. Qattiqligi 2-2,5, zichligi 2,8 g/sm3, yalab ko’rilsa tilga yopishadi. T. gipergen mineral bo’lib, limonitlashgan gematitda 5 sm gacha bo’lgan tomirchalar shaklida, oksidlanish zonasidagi oltinsurma ruda namoyonlarida vujudga keladi. T. gepatit, natroyarozit, alunit, oltin bilan assosiasiyada uchraydi.