GONADOTROP GORMONLAR

GONADOTROP GORMONLAR, gona dotroplar — gipofizning ol- dingi bo’lagi va plasenta (yo’ldosh) da hosil bo’lib, jinsiy bezlar (gona- dalar) faoliyatini boshqaradigan gor- monlar. Ular peptid tabiatli uchta gormon (follikulni stimullovchi, in- terstisial hujayralarni stimullovchi — lyuteinlovchi va lyuteatrop gormon) dan iborat. Follikulni stimullovchi gonadotropin tabiatan glikoproteid (oqsil va uglevoddan tuzilgan murak- kab birikma) bo’lib, adenogipofiz- ning bazofil hujayralaridan ishla- nib chiqadi, tuxumdon follikullarning o’sishi va rivojlanishini, erkaklarda esa spermatozoidlar etilishini kuchay- tiradi; lyuteinlovchi gormon avvalgi gormon b-n birgalikda tuxumdonda tu- xum hujayralar etilishiga va sariq ta- nanchnt shakllanishiga yordam beradi; Lyu- teotrop gonadotropin laktogen gormon hisoblanadi. Plasentadan chiqadigan xorion gonadotropini ham deyarli Lyu- teinlovchi gormon kabi ta’sir etadi, u homiladorlar siydigida ko’proq bo’ladi. G.g. preparatlari jinsiy etilish kechi- kishini davolashda, bepushtlikda, shu- ningdek, xalq xo’jaligining turli tar- moklarida qo’llaniladi.