Gistokimyo, gistologik kimyo

Gistokimyo, gistologik kimyo — gistologiyainng bir bo’limi; o’simlik va hayvon to’qimalarining kimyoviy xossalarini o’rganadigan fan. U orga- nizm va to’qimalarda kimyoviy moddalar (oqsillar, fermentlar, nuklein kislo- talar, uglevodlar, lipidlar) ning ol- gan o’rnini va biokimyoviy jarayonlarni tekshiradi. Hujayralar haqidagi fan — tsitokimyo moddalarning hujayradagi o’rnini o’rganadi. G. o’simliklar va hayvonlar biol.si, biokimyo, fizio- logiya, farmakologiya va b. fanlar b-n chambarchas boglangan. G. 20-a.ning 30-y. larida vujudga kelib, hozir jadal rivojlanmoqda. G.ning umumiy biolo- gik ahamiyati katta. G.da aniqlanayotgan qonuniyatlar gistologiya, patologik ana- tomiyani rivojlantirishga, mikrosko- pik strukturalardagi kimyoviy jarayon- lar o’rni b-n ularning maxsus biologic funktsiyalari o’rtasidagi bog’lanishni aniqlashga yordam beradi. Tsitofotome- triya, avtoradiografiya, ultrabinafsha nurlar b-n o’tkaziladigan mikroskopiya, interferentsion mikroskopiya va b. za- monaviy usullardan foydalanib, tek- shirilayotgan moddalar (polisaxarid- lar, lipidlar, oqsillar va b. ko’pgina organik moddalar; shuningdek, to’qima va hujayralardagi noorganik kom- ponentlar)ning o’rni, miqsori va bu miqdorning o’zgarishini aniqlash mum- kin.