GINANDROMORFIZM

GINANDROMORFIZM (Yun. gyne -ayol, apeg — qaratqich kelishi- gi, andros — erkak va morphe — shakl, ko’rinish) — bitta organizmda har xil jinsga xos xromosomalar to’plamiga ega bo’lgan hujayralar, to’qimalar va organlar bo’lishi. Old-orqa, la- teral va mozaik (Qurama) g. mavjud. Old-orqa g.da tananing old qismi bir jinsga, orqa qismi boshqa jinsga xos hujayra va shu jinsga mos keladigan belgilar b-n ifodalanadi. Lateral G. ta- naning o’ng va chap tomonida xuddi shun- Day farq qiluvchi belgilar bo’lishini ko’rsatadi, bu farkdanish jinsiy si- stemalarni ham o’z ichiga oladi. Moza- ik g.da organizm hujayralarining ko’p qismi bir jinsga, oz qismi ikkinchi jinsga tegishli bo’ladi. G. asosida go- mogameta jinsli individlarda onto- genezttt turli bosqichlarida jinsiy xromosomalardan biri yo’qolib ketishi mumkin. Bundan tashqari, ahyon-ahyonda tuxum hujayrada ikki urg’ochi pronu- kleusning hosil bo’lishi va ular har birining har xil jinsiy xromosomali spermiyalar b-n urug’lanishi hamda kel- gusida bunday yadroli zigotadan bitta organizmning rivojlanishi ham g.ning sababchisi bo’lishi mumkin. G. ning aniqlanishi va kelib chiqish sabablari- ning ko’rsatilishi jinsni xromosoma orqali aniqlanishi nazariyasini isbot- lovchi dalillardan biri bo’ldi.