Ginesey

Ginesey (Yun. gyne — ayol, oikion — uy, boshpana) — gulning reproduktiv qismi, hamma mevabargchalar yig’indisi. Bir-biri b-n qo’shilmagan, erkin joy- lashgan, har biri alohida urug’chi hosil qiladigan mevabargchalardan iborat G. apokarp g. deb ataladi. Apokarpli G. eng sodda bo’lib, magnoliya, pion va ayiqtovonlar uchun xos. Ba’zan G. bit- ta mevabargcha (urug’chi)dan iborat (mas, burchoqdoshlarda). Evolyusiya davomida mevabargchalar qo’shilib ketib, 3 xil tipdagi tsenokarp g. hosil bo’ladi. Yon tomonlari b-n o’zaro qo’shilib o’sgan yopiq mevabargchalar (ularning urug’kurtagi choklari bo’ylab, ya’ni uyachalar burchagi- da joylashgan) sinkarp g. hosil qiladi (Lola). Sinkarp G.dan ayrim mevabarg- chalarning ajralib chiqishi, birok ular qirralarining ajralib ketmasligi tu- fayli parakarp g. hosil bo’ladi (bodring, qovoq, lolaqizg’aldoq). Parakarp G. bir uyali bo’lishi va urug’kurtaklari g. devo- rida joylashganligi b-n sinkarp g.dan farq qiladi. Boshqa hollarda parakarp G. bevosita apokarp g.dan kelib chiqqan. Sinkarp G. tugunchasi to’siqlarining yo’qolib ketishi natijasida bir uyali li- zikarp g. vujudga kelgan. O’zaro qo’shilib ketgan bir necha mevabargchalardan hosil bo’lgan g. murakkab urug’chi deyiladi.