Gastreya nazariyasi
Gastreya nazariyasi – ko’p hujayralilar ajdodlari tuzilishining hoz. zamon ko’p hujayrali hayvonlari ontogenezining dastlabki davrlarida (blastula va gastrula) takrorlanishi to’g’risidagi nazariya. E. Gekkel tomoni- dan ishlab chiqilgan (1872). G.n.ga ko’ra, barcha ko’p hujayralilarning ajdodi ko- loniya bo’lib yashovchi bir hujayralilar bo’lgan, ular blastulaga o’xshash bir qavat hujayralardan sharsimon koloniya — blasteya hosil qilgan. Bundan key- ingi evolyusiya hoz. ko’p hujayralilar embrional rivojlanishidagi invagi- nasiya, ya’ni blastula devorining ichka- riga botib kirishiga o’xshash bo’lgan. Bu hodisa tufayli gastrulaga o’xshash ikki qavat bo’lib joylashgan embrion — ga- streya hosil bo’lgan. Ichki hujayralar qavati — endoderma ichki bo’shliqni o’rab turgan. Ichki bo’shliq blastopore teshik orqali tashqariga ochilgan. Ga- streyaning tuzilishi bo’shliqichlilarga o’xshash bo’lgan. Shuning uchun ham g.n. tarafdorlari bo’shliqichlilarni ko’p hujayralilarning ajdodlari deyisha- Di.