Gardun

Gardun (fors. — falak,osmon, ay- lana, taqdir), Gardoniya — 1) o’n ikki maqom turkumida 6 ovozadan birining nomi. Shu boisdan ovozalarning tarki- biy qismi murakkabotlarga nisbatan Garduniyaiy Buslik, Garduniyaiy Nigor nomlari qo’llanilgan; 2) Shashmaqom tarkibidagi doyra usuli va shu usul jo’rnavozligida ijro etiladigan ta- kroriy (aylanma) kuylar. G.lar Irok- dan boshqa barcha maqomlarning cholg’u qismidan o’rin olgan va har bir maqom nomi b-n birga atalgan: g.i Buzruk, G.i rost va h.k. G.lar jozibali hamda yoqimli musiqa asarlaridir. Ularga xos ko’tarinki ruxdagi kuy tinglovchiga quvnoq, tantanavor kayfiyat bag’ishlaydi.