Garmon, garmonika

Garmon, garmonika — damli (pnev- matik) tilchali musiqa cholg’u asbobi. 2 ta yog’och qoplama, odatda, tugmasimon klavishlar, dam (havoni harakatga kelti- ruvchi moslama) hamda ichida o’rnatilgan metall tilchalardan iborat. Havo bosi- Mining o’zgarishi natijasida tilchalar sadolanadi. O’ng tomondagi klavishlar vositasida melodik, chap tomondagilari b-n jo’rnavoz tovush(akkord)lar hosil qilinadi. 1822 y.da nemis ustasi K. F. L. Bushman yasagan g. keyingi turlari uchun asos bo’lgan. 19-a.ning 30-y.larida G. ishlab chiqarish Rossiya (tula)da bosh- langan. Keyinchalik tatar, Mari, Kabar- din kabi xalqlarda ham keng yoyilgan. G.ning bir yoki ikki qatorli, diatonic va xromatik turlari mavjud. O’zbek xalq sozandalari, ayniqsa, Xorazm xalfalari 19-a.dan buyon g.dan foydalanib keladi. Farg’onada Orif garmon (Toshmatov) ham shu soz b-n mashhur bo’lgan. G.ning tako- millashtirilishi natijasida akkordeon va bayan cholg’ulari yuzaga kelgan.