GEOKIMYOVIY JARAYONLAR

GEOKIMYOVIY JARAYONLAR – tog’jinslari, minerallar, shuning- dek ularni hosil qilgan eritma va qorishmalarning kimyoviy tarkibini o’zgarish jarayonlari. G. j. natijasida ki- myoviy elementlar migrasiyasi (ba’zila- rining yo’qolishi, boshqalarining kelib qolishi va kontsentrasiyalanishi), ular- ning valentlik nisbatini o’zgarishi so- dir bo’ladi. G. j. litosfera, gidrosfera va atmosferaning pastki qatlamlarida yaxshi o’rganilgan. Erning yuqori mantiya sida buladigan g. j. to’g’risida ma’lu- motlar juda kam. Erning quyi mantiya va yadrosidagi g. j. to’g’risida faqat gipote- zalar ma’lum. G. j. geologik tarix oldi, endogen, ekzogen va metamorfogen xilla- riga bo’linadi. Geologik tarix oldi g. j. Erning hosil bo’lishi b-n bog’liq bo’lgan jarayonlarni qamrab olgan. Endogen G. j. magmaning er yuqori mantiyasidan kelib chiqishi, gazeizlanishi va turli kismlarga ajralishi b-n boshlanadi. Magmaning differeniiyasi natijasida undan turli tarkib va tuzilishli mi- nerallar hosil bo’ladi. Asosli va o’ta asosli magma soviganda undan birinchi navbatda temir, magniy, kaltsiy, xrom, titan, platina va platina guruxining elementlari qattiq fazaga o’tadi. So’ngra o’ta asosli va asosli tog’jinslari va ular b-n birgalikda magnetit, xromit va b. rudali minerallar hosil bo’ladi. Ekzogen G. j. Erning yuza qismida kis- lorod ishtirokida sodir bo’ladi va tog’ jinslari va ulardagi minerallarning nurashini hammaturlari (parchalanish, gidrotasiyalanish, karbonatlanish va b.) ni o’z ichiga oladi. Ekzogen G. j. 10 xil- ga: tub gipergenez, pedogenez, singenez, diagenez, katagenez, galogenez, gidroge- nez, mexanogenez, biogenez va Texnoge- nezga bo’linadi. Ba’zi elementlarning hosil bulishi uchun alohida g. j. bo’lishi shart. Mas, galogenez jarayoni — kaliy, natriy, magniy, xlor sulfata; bioge- nez — uglerod, azot, fosfor, yod, brom, oltingugurtning paydo bulishida muhim rol uynaydi.