Geologik yosh

Geologik yosh — qandaydir geologik hodisa (tog’jinslari qatlamlarining hosil bo’lishi, den- gizning bosib kirishi, bir turdagi jonzotlarining qirilib ketishi, la- valarning quyulishi, intruziyalarning yorib kirishi va h.k.)dan keyin o’tgan vaqt. Ming va mln. yillar b-n o’lchanadi. Mutlaq va nisbiy g. yo. ajratiladi. Mutlaq G. yo. — tog’jinslari yoshining vaqtning mutlaq birligida ifodala- nishi; minerallar tarkibidagi radio- aktiv elementlar (uran, toriy, kaliy, rubidiy va b.)ning parchalanishini o’rganish asosida hisoblab chiqiladi. Odatda, mln. yil hisobida o’lchanadi. Termin shartli ravishda ishlatila- Di, chunki olingan raqamlar “mutlaq” emas va eng kam xato ±5% b-n beriladi. Nisbiy G.yo. — tog’jinslarinikesimda bir-biriga nisbatan o’zaro joylashi- shiga ko’ra aniqlanadi. Kichik burchak b-n enkaygan qatlamlarning ostidagisi qad., o’stidagisi yosh hisoblanadi. Bir- biridan uzoqda joylashgan cho’kindi tog’ jinslari qatlamlarini solishtirib umumiy stratigrafiya shkalasi tuzil- gan. Qatlamlarda topilgan toshqotgan hayvonot va o’simliklar qodsig’ini tahlil qilib jinslar umumiy shka- laga taqqoslanadi, ya’ni nisbiy g. yo. aniqlanadi (yana q. Geoxronologiya).