Gipostaz
Gipostaz (gipo… va Yun. stasis — to’xtash, turg’unlik) — genlarning o’zaro ta’siri tiplaridan biri; bir gen ta’si- rini xromosomaning boshqa qismida yoki boshqa xromosomalarda joylashadi, ya’ni allel bo’lmagan gen yoki genlar tomoni- dan fenotipda so’ndirilishi (q. Allel- lar). Ta’siri so’ndirilgan gen giposta- tik gen, gipostatik genlar ta’sirini so’ndiruvchi genlar esa epistatik genlar deyiladi (q. Epistaz). Genetik jihatdan o’zaro o’xshash bo’lmagan organizmlar cha- tishtirilganida g. belgilar nisbati- ni 2-avlodda o’zgarishiga olib kelishi mumkin; bunday qollarda o’zgarishning xususiyati epistatik genning gipostatik genga nisbatan dominantligi yoki Reses- sivligiga bog’liq. Ikki gen dominant bo’lganida 2-avlod fenotipida belgi- larning ajralishi Mendel qonunlari bo’yicha 9:3:3:1 nisbatda emas, balki 12:3:1 nisbatda sodir bo’ladi. Mas, doni- ning rangi bo’yicha dominant qora (A) va kulrang (V) genlarga ega bo’lgan suli na- vlari chatishtirilganida A va V genga ega bo’lgan avlodlarda faqat A gen fenotip- da yuzaga chiqishi mumkin. Bunday holda ajralish 12 ta qora, 3 ta kulrang va 1 ta oq nisbatda sodir bo’ladi. Epistatik va gipostatik genlar resessiv bo’lganida esa 9:3:4 nisbatda ajralish ro’y beradi.