YOVVOYI G’O’ZALAR

YOVVOYI G’O’ZALAR, g’o’zaning yovvoyi turlari — Cossypium L. turkumiga mansub 50 tur g’o’zadan 45 tasini o’z ichiga oladigan yovvoyi turlar. Xromosomalarining soniga qarab Yovvoyi g’o’zalar 2 guruhga bo’linadi. Birinchi guruhga ko’proq diploid turlar (2p=26), ikkinchi guruhga tetraploid turlar (2p=52) kiradi. Barcha diploid turlar xromosomalarining tuzilishiga qarab 6 genomli — A, V, D, E, S, G’ guruhidan iborat; tetraploid turlar AD genomli bo’ladi. Yovvoyi g’o’zalar Yer sharining Neotropik, Paleotropik va Avstraliyaning floristik o’lkalarida tarqalgan. Ular madaniy g’o’zalardan tarqalish arealining torligi, turlararo polimorfizmning juda sust ifodalanganligi, shoxlanishining monopodial yoki aralash bo’lishi, ko’saqlarining juda maydaligi, tola va chigit tuklari orasida aniq chegara yo’qligi bilan farqlanadi. Tolasining uzunligi 0,5—15 millimetr. Tolasi och sariq, to’q sariq, qoramtirqo’ng’ir yashil, kumushsimonko’k bo’ladi. Deyarli hamma tur chigiti toshchigit bo’lganligi tufayli tabiiy sharoitda juda uzoq vaqt yaxshilab namlangandagina unib chiqadi. Bu xususiyat turning uzoq vaqt davom etadigan qurg’oqchilik va boshqa noqulay sharoitlarda o’sishi va saqlanib qolishiga yordam beradi. Yovvoyi g’o’zalar uzoq davom etgan evolyutsiya jarayonida nisbatan qisqa kunga o’rganib, uzun kunda xrsil berish qobiliyatini yo’qotgan. Ular tropik mintaqada yaxshi o’sib rivojlanadi; kuz qish bahor sharoitida kun 11 — 12 soat yorug’ bo’ladigan davrda bemalol gullab, hosil beradi. Yovvoyi g’o’zalar hosil olish maqsadida ekilmaydi, biroq, ularning har biri noyob va qimmatli xususiyatlarga ega: sovuq, qurg’oqchilik, viltga chidamli, tolasi mustahkam va nihoyatda serhosil. Shuning uchun ulardan genetikaselektsiya tadqiqotlarda foydalanish mumkin. Ad.: G’o’za, 1J., T., 1957; Jukovskiy P. M., Kulturnie rasteniya i IX sorodichi, 3 izd., L., 1971; Abdullaev A. A., O melchen ko M. V., G’o’za turlari, T., 1977. Abdumavlon Abdullaev. Yovvoyi g’o’zalar: A) Sturt g’o’zasi; B) Davidzon g’o’zasi: /—poyasi; 2— bargi; 3— guli; 4— ko’sagi; 5—chanog’i.