Germafroditizm, xunasalik

Germafroditizm, xunasalik [Yun. Hermaphroditos —Germafrodit (Germes va Afrodita o’g’li; ikki jin- sli bola)] —bir organizmda erkaklik va urg’ochilik jinsiy organlari bo’lishi. Chin (tabiiy) va soxta (anomal) xilla- ri bor. Chin G. hayvonlar orasida keng tarqalgan. Qorinoyoqli mollyuskalar, yassi chuvalchanglar, kamtukli halqali chuvalchanglarning deyarli barcha turlari, bir qancha bo’shliqichlilar, mo’ylovoyoqli qisqichbaqasimonlar, ayrim baliqlar germafrodit bo’ladi. Chin G.da bitta or- ganizmning o’zida ikki xil (urg’ochilik va erkaklik) jinsiy hujayralar hosil bo’ladi. Birok ko’pchilik turlarda o’z- o’zidan urug’lanishga monelik qiladigan, ya’ni yaqin inbridingga imkon bermaydi- gan mexanizmlar mavjud (mas, jinsiy hujayralarning bir vaqtda etilmasli- gi, jinsiy apparatning tuzilishi urug’ hujayrasining o’sha organizm jinsiy organiga tushishga imkon bermasli- gi). Deyarli barcha xordali hayvonlar va odamda faqat soxta g. uchraydi. Soxta G.da muayyan jinsiy bezlar (moyak va tu- xumdon) tashqi yoki ichki jinsiy organ- larga mos kelmaydi. Soxta G. tashki va ichki bo’ladi. Erkaklardagi tashki sox- ta g.da urugdon bo’ladi-yu, lekin tashqi jinsiy organi ayollarnikiga bir qadar o’xshab ketadi. Erkaklarning ichki sox- ta g.ida tuxumdon, etilmagan prosta- ta bezi va urug’pufakchalari b-n birga bachadon naylari (urug’yo’llari) ham bo’ladi. Ayollar soxta g. kam uchraydi. Bunda tuxumdon bo’ladi-yu, lekin tashqi jinsiy organ va ikkilamchi jinsiy bel- gilar qisman erkaklarnikiga o’xshaydi. Soxta G. b-n tug’ilgan bolalar jinsini aniqlash qiyin. Buning uchun zamonaviy tsitogenetik usullar yordamida odam- ning xromosomalari tekshiriladi. G. jarrohlik usullari va gormonal prepa- ratlar b-n davolanadi.