4 aprel kun tarixi

? BAYRAMLAR:

?? BMT – Xalqaro minalar xavfidan ogoh etish va minalarni yo‘q qilish ishlariga ko‘maklashish kuni.
? Xalqaro sabzi kuni.
? Butunjahon kalamushlar kuni.

? MILLIY BAYRAMLAR:

?? AQSh – Maktab kutubxonachilari kuni.
?? AQSh – “C” vitamini kuni.
?? Tayvan – Bolalar kuni.
?? Senegal – Mustaqillik kuni.
?? Angola – Tinchlik kuni.

? VOQEALAR:

  • 1297 – Rim Papasi Korsika va Sardiniyani Aragon qiroliga topshirdi.
  • 1350 – Polsha va Vengriya Galitsiya-Volin yerlarini o’zaro bo’lishdi.
  • 1500 – P. Kabral Braziliyani kashf etdi.
  • 1581 – Yelizaveta I Frensis Dreykka ritsarlik unvonini berdi.
  • 1753 – Imperator Yelizaveta Petrovnaning qarori bilan Rossiyada o‘lim jazosi bekor qilindi.
  • 1785 – Ingliz kashfiyotchisi Edmund Kartrayt oyoq bilan ishlaydigan to‘quv mashinasiga patent oldi.
  • 1790 – Fransiya va Jazoir 100 yillik tinchlik shartnomasini imzoladi.
  • 1850 – Los-Anjeles shaharga aylandi.
  • 1896 – Oltin toshlari topilgandan so’ng, Yukonda “oltin vasvasasi” boshlandi.
  • 1914 – “Sadoi Turkiston” gazetasining ilk soni nashr etildi.
  • 1920 – Rossiya Bolsheviklarining “sa’y-harakatlari” bilan Yosh xivaliklar partiyasi tarqatilib, o‘rniga Xorazm kompartiyasi tuzildi.
  • 1932 – Amerikalik olim King birinchi bo’lib “C” vitamini (askorbin kislotasi) ajratdi.
  • 1947 – Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkilotining (IKAO) faoliyati boshlandi.
    -1949 – AQSH, Kanada, Buyuk Britaniya, Fransiya va yana 8 davlat oʻrtasida NATO shartnomasi tuzildi.
  • 1956 – uzoq davom etgan muhokamadan so‘ng, “O‘zbek orfografiyasining asosiy qoidalari” tasdiqlandi.
  • 1959 – Sudan va Senegal birlashgan davlati tuzildi (ular bir yarim yildan so‘ng ajralib ketdi).
  • 1964 – The Beatles guruhining qoʻshiqlari Billboard Hot 100 hit-paradining eng yuqori 5 pogʻonasini egalladi.
  • 1968 – Martin Lyuter King oʻldirildi.
  • 1973 – Nyu-Yorkda (Manxetten) Butunjahon savdo markazi ochildi.
  • 1983 – Amerikaning “Chellenjer” kosmik kemasi ilk bor parvoz qildi.
  • 1992 – Madagaskar Respublikasi O‘zbekiston Respublikasi suverenitetini tan oldi.
  • 1993 – Jizzax viloyatida O‘zbekistonda birinchi temir rudasi koni ochildi.
  • 1994 – Netscape Communications (o’sha paytda “Mosaic Communications Corporation” deb nomlangan) kompaniyasiga asos solindi.
  • 2002 – O‘zbekiston Respublikasining “Shaharsozlik kodeksi” tasdiqlandi.
  • 2004 – Iroqda shialar qo‘zg‘oloni boshlandi.
  • 2017 – Xan-Sheyxun (Suriya) shahrida kimyoviy qurol ishlatildi.

? TAVALLUDLAR:

  • 1707 – Leonard Eyler  (1783) – shveysariyalik matematik, mexanik va fizik olim.
  • 1818 – Tomas Mayn Rid (1883) – ingliz yozuvchisi.
  • 1823 – Karl Siemens (1883) – nemis va ingliz muhandisi, sanoatchi va ixtirochi.
  • 1928 – Malik Abdusamatov (2008) – sovet va oʻzbek sharqshunos-eronshunosi, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
  • 1938 – Ilya Reznik – Sovet va rus shoiri va qo’shiqnavis, ssenariynavis, Rossiya xalq artisti.
  • 1947 – Rustamxon Solihov – biokimyogar olim, Oʻzbekiston Respublikasi fan arbobi (2003).
  • 1947 – Maxset Xoʻjaniyozov – opera xonandasi (bas), Oʻzbekiston (1993), Qoraqalpogʻiston (1980), Tatariston (1981) xalq artisti. 
  • 1949 – Shing-Tung Yau – xitoy va amerikalik matematik. 
  • 1965 – Robert Jon Douni Jr – amerikalik aktyor, produser va musiqachi.
  • 1979 – Hit Lejer (2008) – mashhur avstraliyalik aktyor.
  • 1983 – Amanda Rigetti – amerikalik aktrisa va kino prodyuseri.
  • 1986 – Moris Manifika – fransuz chang’isi, bir necha marotaba Olimpiya va jahon medali sovrindori.
  • 1987 – Sami Xedira – kelib chiqishi tunislik bo’lgan nemis futbolchisi.
  • 1999 – Husniddin Aliqulov – oʻzbek futbolchisi, “Rizespor” klubi va Oʻzbekiston milliy futbol terma jamoasi himoyachisi.