27 aprel kun tarixi

? BAYRAMLAR:

? Butunjahon veterinariya kuni.
? Butunjahon grafik dizayn kuni.
? Butunjahon tapirlar kuni.

? MILLIY BAYRAMLAR:

?? Eron – Milliy transport xavfsizligi kuni.
?? Kolumbiya – Bolalar kuni.
?? Moldova – Davlat bayrog’i kuni.
?? Finlyandiya – Faxriylar kuni.
?? Rossiya – Parlamentarizm kuni.
?? Ukraina – G‘aznachilar kuni.
?? Mayotta – Qullik bekor qilingan kun.
?? JAR – Ozodlik kuni.
?? Syerra-Leone, ?? Togo – Mustaqillik kuni.
?? Sloveniya – Milliy qarshilik harakati kuni.
?? Niderlandiya, ?? Aruba – Qirol kuni.

? VOQEALAR:

  • 1289 – Mamluklar sultoni Kalaun tomonidan salibchilar davlati Tripoli grafligi egallandi va tugatildi.
  • 1521 – Filippinda mashhur sayyoh Fernan Magellan mahalliy aborigenlar qurboniga aylandi.
  • 1667 – Ingliz shoiri Jon Milton o’zining eng mashhur “Yo’qotilgan jannat” poemasi mualliflik huquqini 10 funtga sotib yubordi.
  • 1702 – Pyotr I din erkinligi va’dasi bilan Rossiyaga chet elliklarni olib kirish to’g’risida manifest e’lon qildi.
  • 1828 – Londonda hayvonot bog‘i ishga tushdi.
  • 1906 – Rossiya Davlat Dumasining birinchi majlisi ish boshladi.
  • 1908 – Buyuk Britaniyada IV Olimpiya o‘yinlari boshlandi.
  • 1945 – Benito Mussolini qoʻlga olindi.
  • 1958 – SSSR va Misr Asvon tug‘oni qurilishi haqidagi bitimni imzolashdi.
  • 1961 – Sovet Tinchlik Fondi tashkil etildi.
  • 1961 – Syerra-Leone Buyuk Britaniyadan mustaqillikka erishdi.
  • 1965 – AQShda bir martalik “Pampers” tagliklari patentlandi.
    -1967 – Monrealda koʻrgazma boshlanishi.
  • 1975 – Formula-1 poygasiga ilk bor ayollarni olishdi.
  • 1978 – Afgʻonistonda Aprel inqilobi.
  • 1986 – Chernobil avariyasi oqibatida Pripyat shahri aholisi evakuatsiya qilindi. 3 soat davomida shahardan 40 ming odam olib chiqildi.
  • 1992 – Yugoslaviya parchalanganidan keyin Serbiya va Chernogoriya yangi Yugoslaviya Federativ Respublikasini tuzishdi.
  • 1996 – YUNESKOning Parijdagi bosh qarorgohida “Temuriylar davrida fan, madaniyat va maorifning  gullab-yashnashi” mavzuida ilmiy  muzey осhildi.
  • 2005 – Airbus A380 layneri tomonidan birinchi parvoz amalga oshirildi.
  • 2009 – Toshkentda Turin politexnika universiteti tashkil etildi.
  • 2012 – Dnepropetrovsk (Ukraina) markazida bir qator teraktlar sodir bo’ldi.
  • 2014 – Janubiy Koreyada dunyodagi eng katta kemaning korpusi suvga tushirildi. 
  • 2014 – Yerda chuchuk suvning yangi zaxiralari topildi.
  • 2014 – Amerikalik olimlar kakao keksalik davridagi zaiflikka qarshi eng kuchli vosita ekanligini aniqlashdi.

? TAVALLUDLAR:

  • 1759 – Meri Godvin (1797) – ingliz yozuvchisi, faylasuf.
  • 1791 – Semyuel Morze (1872) – amerikalik rassom,  Morze alifbosi kashfiyotchisi.
  • 1820 – Gerbert Spenser (1903) – ingliz faylasufi va sotsiologi.
  • 1822 – Ulis Grant (1885) – AQShning 18-prezidenti (1869-1877).
  • 1878 – Sadriddin Ayniy (1954) – tojik adibi va shoiri, tojik adabiyotining asoschisi.
  • 1891 – Sergey Prokofyev (1953) – rus kompozitori, pianinochi, dirijyor, xalq artisti (1947).
  • 1896 – Uolles Xyum Karozers (1937) – amerikalik kimyogar, sintetik polimer, ya’ni neylonni kashf etgan olim.
  • 1905 – Zagruskaya Galina (1978) – aktrisa va rejissyor, O’zbekiston xalq artisti (1944).
  • 1912 – Nora Gal (1991) – sovet tarjimoni va adabiy tanqidchisisi.
  • 1920 – Gido Kantelli – italiyalik dirijyor.
  • 1926 – Abduqodir Xayitmetov –  adabiyotshunos olim.
  • 1927 – Yevgeniy Morgunov (1999) – taniqli rus komik aktyori, kinorejissyor.
  • 1937 – Sandy Dennis (1992) – amerikalik kinoaktrisa.
  • 1941 – Muhammed Fethullah Gülen – turkiyalik yozuvchi va islomshunos.
  • 1954 – Muhammadjonov Shomag‘mud – miniatyurachi rassom, kitobat san’ati ustasi, O’zbekiston xalq rassomi (2001). 
  • 1967 – Villem-Alexander – Niderlandiya Qiroli.
  • 1975 – Dilfuza Rahimova – xonanda, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist.
  • 1986 – Dinara Safina – Rossiyalik tennischi ayol, jahonning sobiq birinchi raketkachisi.