26 may kun tarixi

? BAYRAMLAR:

? Butunjahon Qizil soch kuni.
? Butunjahon Drakula kuni.

? MILLIY BAYRAMLAR:

?? Vengriya – Bolalar kuni.
?? Polsha, ??Fransiya, ?? Jazoir, ?? Madagaskar, ?? Marokash, ?? Senegal, ?? Tunis – Onalar kuni.
?? AQSh – Milliy qog’oz samolyotlar kuni.
?? Avstraliya – Milliy kechirim kuni.
?? Armeniya – Sardarobod jangi kuni.
?? Turkmaniston – Turkman gilami kuni.
?? Venesuela – Daraxt ekish kuni.
?? Tojikiston – Himoyachi advokat kuni.
?? Ukraina, ?? Rossiya, ??Qozogʻiston, ?? Belarus – Kimyo sanoati xodimlari kuni.
?? Daniya — Koronprins Frederik tug‘ilgan kun.
?? Rossiya – Tadbirkorlik kuni.
?? Kambodja – Qirollik shudgorlash marosimi.
?? Gayana – Mustaqillik kuni.
?? Gruziya – Mustaqillik kuni.

? VOQEALAR:

  • 451 – Avaray jangi.
  • 1135 – Leon soborida Alfonso VII butun Ispaniya Imperatori deb e’lon qilindi.
  • 1648 – Bogdan Xmelnitskiy Korsun yaqinida polyaklarni mag’lub etdi.
  • 1679 – Angliya parlamenti Xabeas Korpus (shaxs daxlsizligi) qonunini qabul qildi.
  • 1707 – Ispaniya taxti vorisi uchun urush paytida Burbon koalitsiyasi kuchlari Saragosani egallashdi.
  • 1761 – Mixail Lomonosov Venera sayyorasi atmosferasini aniqladi.
  • 1799 – A. Suvorov boshchiligidagi Rossiya imperiyasining armiyasi Turinga bostirib kirdi.
  • 1805 – Milan cherkovida  Napoleon I boshiga  Lombardiyaning temir toji kiydirildi.
    -1828 – Nyurnbergda Kaspar Hauzer topildi.
  • 1868 – Angliyada oxirgi ommaviy qatl.
  • 1897 – B. Stoker „Drakula“ romanini chop ettirdi.
  • 1899 – Fargona viloyati xalq muzeyining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
  • 1918 – Zakavkazye federatsiyasi uchta mustaqil respublikaga: Gruziya, Armaniston va Ozarbayjonga bo’lindi.
  • 1928 – FIFA tashkiloti har to‘rt yilda bir marotaba futbol bo‘yicha jahon chempionatini o‘tkazish borasida qaror qabul qildi.
  • 1938 – Germaniyaning Volfsburg shahrida «Folksvagen» avtomobil kompaniyasiga asos solindi.
  • 1948 – JARda aparteid siyosati boshlanishi e’lon qilindi.
  • 1953 – Gorlag mahbuslarining Norilsk qo’zg’oloni boshlandi.
  • 1947 – SSSRda o’lim jazosi bekor qilindi (1950-yilda qayta tiklangan).
  • 1966 – Gayana Respublikasi o‘z mustaqilligini e’lon qildi.
  • 1972 – Richard Nikson va  Leonid Brejnev Moskvada Raketaga qarshi mudofaa tizimlarini cheklash haqidagi bitimni imzolashdi.
  • 1991 – Gruziya presidenti saylovida Zviad Gamsaxurdiya  gʻolib boʻldi.
  • 1994 – Xalqaro “Navro‘z” xayriya jamg‘armasi tashkil etildi.
  • 2014 – Donetsk aeroportida janglar boshlandi.
  • 2020 – AQShda irqiy kamsitishlarga qarshi ommaviy namoyishlar boshlandi.

? TAVALLUDLAR:

  • 1265 – Dante Aligyeri (1321) – florensiyalik shoir, italyan adabiy tilining asosshilaridan biri, mutafakkir, ilohiyotchi, siyosiy arbob, mashhur “Ilohiy komediya” ning muallifi.
  • 1568 – Muhammad III, Mehmed III (1603) – Usmonlilar imperiyasi sultoni.
  • 1814 – Genrix Geysler (1879) – nemis olimi, noyob asboblar, termometrlar, kimyoviy uskunalar ixtirochisi.
  • 1822 – Edmon De Gonkur (1896) – fransuz adibi.
  • 1876 – Robert Yerks (1956) – psixolog, AQShda etologiyaga  asos solgan.
  • 1877 – Aysedora Dunkan (1927) – amerikalik raqqosa.
  • 1877 – Edvard Gryunayzen (1949) – nemis fizigi, qattiq jismlar nazariyasi asoschisi.
  • 1905 – Aldo Guchchi (1990) – italyan liboslar dizayneri, modelyer.
  • 1909 – Mett Basbi (1994) – taniqli ingliz murabbiyi, butun umrini «Manchester Yunayted» ga bag‘ishlagan. 
  • 1938 – Baxtiyor Aliyev – changchi, bastakor, O‘zbekiston xalq artisti (1983).
  • 1947 – Tilak Jo‘ra (1994) – hassos shoir, adabiyotshunos, tarjimon.
  • 1966 – Helena Bonem Karter – britaniyalik teatr, kino va teleaktrisasi. 
  • 1969 – Anjelika Varum – estrada qo‘shiqchisi, Rossiyada xizmat ko‘rsatgan artist.
  • 1971 – Met Richard Stoun – аmerikalik animator, film produser, ssenariy muallifi, aktyor, va bastakor.
  • 1974 – Sherzodxon Qudratxoʻja – jurnalist, teleboshlovchi, siyosatshunos, Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rektori, „Xalqaro press klub“ NNT raisi.
  • 1977 – Luka Toni – italyan futbolchisi, jahon chempioni (2006).
  • 1988 – Akito Vatabe – yaponiyalik biatlonchi, ikki karra Olimpiada sovrindori, jahon chempioni.
  • 2000 – Xanna Neise – nemis skeletonisti, Olimpiya chempioni.