? BAYRAMLAR:
?? BMT – Xalqaro okeanlar kuni.
? Butunjahon miya shishi kuni.
? Chang yutgichning tug’ilgan kuni
? MILLIY BAYRAMLAR:
?? Sloveniya ‐ Primož Trubar kuni.
?? Peru – Muhandislar kuni.
?? Rossiya – Ijtimoiy soha xodimlari kuni.
?? Norfolk oroli – “Bounty” kuni.
?? AQSh – Inoq do‘stlar kuni.
?? Fransiya – Hindixitoyda Fransiya uchun qurbon bo‘lganlarni xotirlash kuni.?? Rossiya,Kareliya – Respublika kuni.
? VOQEALAR:
- 218 – Imperator Makrinus qo’shinlari va taxtga da’vogar, o’n to’rt yoshli Geliogabal tarafdorlari o’rtasida Antioxiya jangi.
- 1509 – Florensiya Respublikasi qo’shinlari tomonidan qamal qilingan Piza taslim bo’ldi. Piza Respublikasi o’z faoliyatini to’xtatdi.
- 1701 – Pyotr I davlat ijtimoiy himoya tizimimiga asos solgan Farmonni e’lon qildi.
- 1758 – Yetti yillik urush paytida Shimoliy Amerika teatrida inglizlar Luiburgni qamal qilishni boshladilar.
- 1783 – Islandiyadagi Laki vulqoni otilishi natijasida mamlakat aholisining beshdan bir qismi halok boʻldi.
- 1786 – Nyu-Yorkda ilk bor muzqaymoq sotuvga chiqdi.
- 1824 – Kvebekda Noa Kashing kir yuvish mashinasiga patent oldi.
-1861 – Tennessi shatatidagi referendumda aholining uchdan ikki qismi AQSH tarkibidan chiqishni yoqlab ovoz berdi. - 1869 – Chikagolik Ayvz Makgaffi changyutgichni patentladi.
- 1912 – Los-Anjelesda “Universal” kinostudiyasi tashkil etildi.
- 1940 – Neptuniy kashf qilindi.
- 1946 – Xalqaro jurnalistlar tashkiloti tuzildi.
- 1949 – Jorj Oruellning „1984“ romani nashrdan chiqdi.
- 1960 – Lev Trotskiyning qotili Ramon Merkaderga Sovet Ittifoqi qahramoni unvoni berildi.
- 1964 – Islandiya YUNESKO ga a’zo bo‘ldi.
- 1965 – Amerikaning “Frito-Lay” va “Pepsi-Cola” kompaniyalari birlashib, “PepsiCo” tashkil topdi.
- 1978 – Soljenitsin Garvard bitiruvchilari assambleyasi oldida (20 000 kishi) “Bo’lingan dunyo” nutqi bilan chiqish qildi, nutq AQSh televideniesi tomonidan namoyish etildi.
- 1990 – Rossiya parlamenti Rossiya qonunlarining SSSR qonunchiligidan ustunligi uchun ovoz berdi.
- 2004 – Veneraning Quyosh diskidan o’tishi.
- 2011 – Belarusda “Ijtimoiy tarmoqlar orqali inqilob” deb nomlangan norozilik namoyishlari boshlandi.
- 2017 – Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey navbatdan tashqari saylovlar yakuni boʻyicha parlamentga qayta saylandi.
- 2020 – 2020-yilgi AQShdagi noroziliklari paytida Sietlda Kapitoliy tepaligi avtonom zonasi tashkil etildi.
? TAVALLUDLAR:
- 1683 – Pyer Man’oli (1715) – fransuz botanigi, o‘simliklarni tizimlashtirishning asoschilaridan biri.
- 1810 – Robert Aleksander Shuman (1856) – nemis kompozitori, 19-asr musiqiy romantizmning namoyandalaridan.
- 1832 – Aleksandr Aksakov (1903) – rus publisisti, tarjimon, noshir.
- 1903 – Margaret Yursenar (1987) – fransuz adibasi, Fransiya akademiyasiga saylangan birinchi ayol.
- 1916 – Frensis Krik (2004) – britaniyalik molekulyar biolog, biofizik va neyrobiolog, Nobel mukofoti sohibi (1962).
- 1920 – Ivan Kojedub (1991) – sovet qiruvchi uchuvchisi, uch marta Sovet Ittifoqi qahramoni.
- 1926 – Oleg Koshevoy (1943) – Krasnodardagi “Yosh gvardiya” yashirin komsomol tashkilotining rahbari (1942-1943), Sovet Ittifoqi qahramoni.
- 1939 – Norman Devis – britaniyalik tarixchi.
- 1945 – Nikolas “Nicky” F. Oppenheimer – Afrikalik milliarder, olmos, oltin qazib olish ishlari bilan faoliyat yurituvchi yirik konchilik firmalarining aksiyadori.
- 1947 – Erik Vishaus – amerikalik biolog, Nobel mukofoti sohibi (1995).
- 1955 – Xose Antonio Kamacho – ispan futbolchisi va treneri, Yevropa chempionati kumush medali sohibi (1954).
- 1955 – Ser Timothy John “Tim” Berners-Lee – Ingliz kompyuter olimi, internetning ixtirochisi hisoblanadi.
- 1981 – Eshli Bleyzer Bayden – amerikalik ijtimoiy xodim va moda dizayneri.
- 1988 – Loren Gottlib – amerikalik raqqosa va aktrisa.
- 1984 – Xaver Maskerano – argentinalik futbolchi, ikki karra olimpiada chempioni.
- 1997 – Yelena Ostapenko – latviyalik tennischi, “Katta dubulg‘a” turnirining eng yosh g‘olibasi.
- 2004 – Francheska Kapaldi – amerikalik yosh aktrisa.