YOMG’IR
YOMG’IR — bulutlardan diametrik 0,5 millimetrdan 6-7 millimetrgacha bo’lgan suv tomchilari holida yog’adigan yog’in. Qoplama bulutli yomg’ir hamda jala yomg’irga bo’linadi. O’rta Osiyoning tekislik va tog’oldi hududlarida Yomg’ir yil davomida kuzatiladi; yomg’irli kunlar soni qorli kunlar soniga qaraganda 2-3 marta ortiq. Yomg’ir mart—aprel oylarida eng ko’p, iyul—avgustda esa eng kam yog’adi. O’rta Osiyoda Yomg’irli kunlar soni o’rta hisobda bir yilda 30-40 kunni tashkil qiladi. Joyning balandlik ortib borishi bilan (toqqa yaqinlashgan sari) Yomg’irli kunlar soni 50-60 kunga yetadi. Cho’l hududlarida, Farg’ona vodiysi (soyligi)ning g’arbiy va Markaziy qismida yillik Yomg’ir miqdori eng kam. Masalan, Orol dengizining Janubdagi ba’zi joylarda o’rtacha yillik yog’in miqdori 80-90 millimetr. Nam havo oqimi yo’nalishiga qulay joylashgan tog’oldi va vodiylar (2000 metr balandgacha bo’lgan zona) da, ayniqsa, Janubi g’arbga qaragan vodiylarda yo. katta jadallik bilan yog’adi. Aprel va may oylarida mo”tadil yog’ib turadigan bulutli yomg’ir tuproqda nam zaxirasining ko’payishiga yordam beradi, ekinlarning yalpi ko’karishiga qulay sharoit tug’diradi. Tuproq va havo trasi pasaygan sharoitlarda qoplama bulutli yomg’ir unib chiqqan ayrim ekinlar, masalan, g’o’zada iyadiz chirishi, gommoz kasalliklarining avj olishiga sabab bo’ladi. Qisqa muddatli momaqaldiroq bilan aprel — may oylarida yog’adigan yomg’irlar (sutkalik yog’in miqdori 10 millimetrdan ortiq) tuproq yuza qatlamini tig’izlab, qatqaloq hosil qiladi. Hamidulla Abdullayev.