28 iyun kun tarixi

? BAYRAMLAR:

? Musulmon olamida “Qurbon hayiti” kuni.
? Xalqaro ijtimoiy biznes kuni.
? Xalqaro tana pirsing kuni.

? MILLIY BAYRAMLAR:

?? AQSh ‐ 2-tuzatish kuni.
?? Peru ‐ Milliy Ceviche kuni.
?? Vyetnam – Oila kuni.
?? AQSh ‐ Milliy logistika kuni.
?? Polsha – 1956-yilgi Poznan iyunini xotirlash Milliy kuni.
?? Qozog‘iston ‐ Ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni.
?? AQSh – Sug’urta kuni.
?? Butan ‐ Guru Rinpochening tug’ilgan kuni.
?? Ukraina – Konstitutsiya kuni.

? VOQEALAR:

  • 1119 – Al-G’oziyning musulmon qo’shini Antioxiya regenti Rojer Salernoning armiyasini mag’lub etdi.
  • 1569 – Lyublyana uniyasi.
  • 1635 – frantsuzlar Karib dengizida Gvadelupa mustamlakasini tashkil etishdi.
  • 1651 – Berestechdagi jang boshlanishi.
  • 1712 – Sankt-Peterburgda Pyotr I ishtirokida Boltiq floti uchun qurilgan birinchi jangovar kema suvga tushirildi.
  • 1779 – Yekaterina II  Moskvada quvurlar qurishga buyruq berdi.
  • 1786 – Rossiyada sug’urta tizimini joriy etish to’g’risidagi birinchi hukumat qarori chiqarildi.
  • 1816 – Sankt-Peterburgda birinchi fond birjasining ochilishi.
  • 1868 – Buxoro amiri o’zini Rossiyaning vassali deb tan oldi.
  • 1895 – Salvador, Gonduras va Nikaragua birlashib  “Markaziy Amerika Ittifoqi”ni  tashkil etdilar.
  • 1914 – Sarayevodagi qotillik:  Birinchi jahon urushining  boshlanishiga bahona.
  • 1919 – Versal kelishuvi:  Birinchi jahon urushining  tugashi.
  • 1919 – Millatlar Ligasi tashkil etildi.
  • 1946 – Gorkiy avtozavodida birinchi “Pobeda” avtomobili chiqarildi. 
  • 1967 – Isroil Quddusni  anneksiya qildi.
  • 1989 – Kiyevda Oleg Bloxinning xayrlashuv uchrashuvi bo’lib o’tdi: SSSR terma jamoasi jahon terma jamoasi bilan uchrashdi.
  • 1996 – Ukraina  Konstitutsiyasi qabul qilindi.
  • 2004 – Iroqda vaqtinchalik koalitsion hukumat tuzildi.
  • 2006 – Chernogoriya BMTga 192-chi a’zo bo‘lib qabul qilindi.
  • 2013 – O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga muvofiq Toshkent davlat yuridik instituti Toshkent davlat yuridik universiteti etib tashkil etildi.

? TAVALLUDLAR:

  • 1491 – Genrix VIII Tudor (1547) – Ingliz qiroli (1509-1547).
  • 1577 – Rubens Piter Pauel (1640) – flamand rassomi, barokko davri flamand rangtasviri maktabining asoschisi.
  • 1712 – Jan-Jak Russo (1778) – fransuz yozuvchisi va Ma’rifat davri mutafakkiri.
  • 1867 – Luidji Pirandello (1936) – italyan yozuvchisi, dramaturg, Nobel mukofoti sohibi (1934).
  • 1873 – Aleksis Karrel – fransuz jarrohi, biologi, patofiziologi, Nobel mukofoti sohibi (1912).
  • 1906 – Mariya Göppert-Mayer (1972) – nemis fizigi,  fizika bo’yicha Nobel mukofoti sohibasi bo‘lgan (1963) ikki ayoldan biri.
  • 1916 – Proxorov Aleksandr Mixaylovich (2002) – rus fizigi, kvant elektronika asoschilaridan biri, Nobel mukofoti sohibi (1964).
  • 1927 – Shervud Rovland (2012) – amerikalik kimyogar, Nobel mukofoti sohibi (1995).
  • 1932 – Ahmadjonov Muxtor (1998) – geolog olim.
  • 1934 – Maykl Artin – amerikalik matematik.
  • 1940 – Muhammad Yunus – bangladeshlik ijtimoiy tadbirkor, bankir, iqtisodchi va fuqarolik jamiyati rahbari, Nobel mukofoti sohibi (2006).
  • 1943 – Klaus fon Klitsing – nemis fizigi, Nobel mukofoti sohibi (1985).
  • 1948 – Keti Beyts – amerikalik aktrisa va rejissyor.
  • 1949 – Aleksandr Pankratov-Cherny – teatr va kino aktyori, rejissyor, Rossiya Xalq artisti.
  • 1971 – Fabienne Barthez – fransuz futbolchisi, jahon chempioni (1998), Yevropa chempioni (2000).
  • 1971 – Ilon Mask – kanadalik va amerikalik muhandis va tadbirkor, PayPal, SpaceX asoschisi, Tesla Motors asoschilari va investorlaridan biri.
  • 1972 – Mariya Butyrskaya – rossiyalik figurali uchish ustasi, jahon chempioni (1999), uch karra Yevropa chempioni.
  • 1978 – Ngo Bao Tyau – vyetnamlik va fransiyalik matematik.
  • 1992 – Eleyn Tompson-Hera – yamaykalik yuguruvchi, 5 karra Olimpiya chempioni.
  • 1994 – Anastasiya Bliznyuk – rossiyalik gimnastikachi, jahon va Yevropa chempioni.
  • 1994 – Anish Kumar Giri – gollandiyalik shaxmat grossmeysteri.
  • 1996 – Donna Vekik – xorvatiyalik professional tennischi va ishbilarmon ayol.