? BAYRAMLAR:
?? BMT – Xalqaro yadro sinovlariga qarshi kurash kuni
? Mototsikl tug’ilgan kun
? MILLIY BAYRAMLAR:
?? Hindiston – Milliy sport kuni, “Onam” hosil bayrami.
?? Qozog’iston – Semipalatinsk yadro poligonining yopilish kuni.
?? Rossiya – Rossiya IIV ichki ishlar qo’shinlari maxsus bo‘linmalari kuni.
?? AQSh – Inson huquqlari kuni.
?? Slovakiya – Slovakiya milliy qo‘zg‘oloni kuni.
?? Ukraina – Halok bo’lgan Ukraina himoyachilarini xotirlash kuni.
?? Yaponiya – Qovurilgan go‘sht kuni.
?? Argentina – Advokatlar kuni, Daraxt ekish kuni.
? VOQEALAR:
- 1030 – Boku yaqinida ruslar Shirvan shohi Manuchix I ibn Yazidning lashkarini mag‘lubiyatga uchratishdi.
- 1191 – Angliya qiroli Richard I ning buyrug‘i bilan Akre shahrida (Falastin) salibchilar asirlikda bo‘lgan uch ming musulmonni qatl qildilar.
- 1526 – Turklar Vengriyani bosib oldilar.
- 1533 – Ispanlar oxirgi Inka imperatori Atahualpani bo‘g‘ib o‘ldirdilar.
- 1698 – Buyuk Pyotr o‘z fuqarolariga soqollarini olishni va Yevropa kiyimlarini kiyishni buyurdi.
- 1756 – Buyuk Fridrix Saksoniyaga bostirib kirdi.
- 1758 – Nyu-Jersida birinchi hindu rezervatsiyasi tashkil etildi.
- 1793 – Santo-Domingoda qullik bekor qilindi.
- 1825 – Portugaliya qiroli Djon VI Braziliyaning mustaqilligini tan oldi.
- 1831 – Ingliz fizigi Maykl Faradey elektromagnit induksiya hodisasini kashf etdi.
- 1842 – Nankin shartnomasi
Birinchi afyun urushini yakunlab berdi. - 1883 – kanadalik ixtirochi va tadbirkor Tomas Ahern Ottavada birinchi elektroplitani namoyish qildi.
- 1885 – Gotlib Daymler mototsikl uchun patent oldi
- 1905 – Portsmut shartnomasi imzolandi (1904-1905 yillardagi Rus-Yapon urushi tugadi).
- 1907 – Kvebek koʻprigi qulab tushdi.
- 1910 – Koreya yapon koloniyasiga aylandi.
- 1926 – Nepalda qullik bekor qilindi.
- 1946 – Shvetsiya, Afg‘oniston va Islandiya BMTga qabul qilindi.
- 1949 – SSSRda atom bombasi sinovi.
- 1967 – 150 ga yaqin misrlik ofitserlar Misr prezidenti Nosirni ag‘darishga tayyorlanishda ayblanib hibsga olindi.
- 1975 – Oqqush yulduz turkumida yangi supeyulduz paydo bo‘ldi.
- 1982 – Darmshtadt (G‘arbiy Germaniya) olimlari Mendeleyev davriy sistemasining 109-elementi – meytneriy topilganligi haqida xabar berishdi.
- 1991 – Qozog‘istondagi Semipalatinsk yadro poligoni yopildi.
- 1996 – «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni ta’sis etildi.
- 2003 – «Fidokorona xizmatlari uchun» ordeni ta’sis etildi.
? TAVALLUDLAR:
- 1632 – Jon Lokk (1704) – ingliz faylasufi va ma’rifatparvari, bilimning empirik nazariyasi muallifi.
- 1780 – Jan Avgust Dominik Engr (1867) – fransuz rassomi.
- 1862 – Mauris Maeterlink (1949) – belgiyalik yozuvchi, dramaturg, Nobel mukofoti sovrindori (1911).
- 1876 - Charlz Kettering (1958) – amerikalik muhandis, ixtirochi va tadbirkor.
- 1904 – Verner Forsmann (1979) – nemis jarrohi va urologi, yurak kateterizatsiyasi usuli mualliflaridan biri, Nobel mukofoti sovrindori (1956).
- 1907 – Lyudmila Glazova (1981) – sovet kinoaktrisasi.
- 1915 – Ingrid Bergman (1982) – shved kinoaktrisasi, uchta Oskar mukofoti sovrindori.
- 1934 – Joʻldosbek Quttimurodov – haykaltarosh, qoraqalpoq haykaltaroshligi asoschisi, Oʻzbekistonda (1982) va Qoraqalpogʻistonda (1970) xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi.
- 1958 – Maykl Jekson (2009) – amerikalik qo’shiqchi, raqqos, bastakor, “pop qiroli”.
- 1958 – Olga Zarubina – rus sovet qo’shiqchisi va aktrisasi.
- 1971 – Karla Gudjino – amerikalik aktrisa.
- 1976 – Abduqodir Toshqulov – Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri.
- 1982 – Marina Aleksandrova – rus teatr va kino aktrisasi.
- 1989 – Rustam Sultonov – yunon-rum kurashchisi, 82 kg gacha vazn toifasida.
- 1994 – Firuza Sharipova – qozogʻistonlik professional bokschi, WIBA chempioni (2019).
- 2000 – Nilufar Yoqubboeva – oʻzbekistonlik shaxmatchi. Xalqaro darajadagi ayol master (2020).